Yangiliklar

Tvitter Trampning qaydlarini koʻrib chiqqani uchun Yevrokomissiya tomonidan olqishlandi

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralarini taqdim etdi. U Tvitter ijtimoiy tarmogʻi Donald Trampning tvitlarini yoʻq qilmasdan, ularni haqiqiy emas deb taʼkidlaganini yaxshi misol sifatida keltirdi.

© Yevropa Ittifoqining bayroqlari Bryusselda (Belgiya) joylashgan Yevropa Ittifoqining Berlaymont shtab-kvartirasi tashqarisida. Foto: Flickr.com / Kyle Wagaman

Yevropa Komissiyasining umumiy qadriyatlar va shaffoflik boʻyicha oʻrinbosari Vera Yurovaning fikricha, Tvitter ijtimoiy tarmogʻi AQSh prezidenti Donald Trampning munozarali tvitlarini yoʻq qilish emas, balki ularni notoʻgʻri maʼlumotlarga ega deb belgilashini oqilona qaror, deb hisoblaydi. Yurova 10-iyun, chorshanba kuni YIning tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha Oliy vakili Xosep Borrell bilan birgalikda dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralarini taqdim etdi.

“Tvitter janob Trampnng bironta xabarni oʻchirib tashlamadi. U faqat unga (Trampga — tahr.) dalillarni keltirib oʻtdi. Men buni plyuralizm deb atayman”, dedi Yurova. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi yolgʻon maʼlumotlarga qarshi kurashda hech kimni ovozini oʻchirmoqchi emas, lekin odamlar har qanday masalaga boshqa tomondan qarash imkoniyatiga ega boʻlishi uchun har qanday bayonotni, birinchi navbatda siyosatchilarni faktlar bilan taʼminlash imkoniyatini qoʻllab-quvvatlamoqda. “Faktlar bir xil, fikrlar boshqa masala. Fikrlar erkin, ammo faktlar fakt boʻlib qolaveradi”, deya qoʻshimcha qildi Borrell.

May oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti ikki tvitida pochta orqali ovoz berish natijalarni qalbakilashtirishga olib kelishi haqida maʼlum qildi. Tvitter xabarlarda asossiz bayonotlarni topdi. Tramp esa mikrobloglar tarmogʻini AQSH saylovlariga aralashishda aybladi.

Vera Yurovaning taʼkidlashicha, YI raqamli platformalar orqali, xususan, inson salomatligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni yoʻq qilishni qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday maʼlumotlarning namunasi sifatida Yevropa Komissiyasi, oqartuvchi yoki toza spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, koronavirus infektsiyasini davolay olishi mumkinligi haqidagi maʼlumotlarga iqtibos keltirdi. “Koronavirus paytida notoʻgʻri maʼlumotlar insonlarni oʻldirishi mumkin”, deya ogohlantirdi Xosep Borrell.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.