Sogʻliqni saqlash vazirligi karantin choralari kuchaytirilishi toʻgʻrisidagi xabarlarni inkor qildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi 1-noyabrdan karantin choralari kuchaytirilishi haqidagi xabarlar yolgʻon ekanini bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1-noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda. Eslatib oʻtamiz, bu kabi yolgʻon xabarlar orqali aholi orasida vahima qoʻzgʻashga urinishlarga tegishli tartibda javobgarlik koʻzda tutilgan”,- deyiladi rasmiy bildiruvda.
Oʻzbekistonda koronavirus tufayli mart oyida joriy etilgan karantin choralari 15-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilina boshlangan edi.
2020-yil 26-oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 480 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlardan 62 615 nafari sogʻaygan.
Shu kungacha koronavirusdan rasman 550 odam vafot etdi.
