Faktlarni tekshirishning yetti boshlangʻich usuli
1. Ijtimoiy tarmoqdagi “dahshatli yangilik” ni koʻrdingizmi? Manba nomiga eʼtibor bering. Agar siz uni birinchi marta koʻrayotgan boʻlsangiz yoki u SU kabi gʻalati / atipik domen nomiga ega boʻlsa, unda 99% aniqlik bilan aytish mumkinki, nafaqat yangiliklar, balki butun saytning oʻzi soxta.
2. Agar manba sizga tanish boʻlsa va yangiliklar haqiqatdan dahshatli boʻlsa, har xil OAV tegishli kamida yana 3 ta tanish manbada bir xil mavzu boʻyicha maʼlumot topishga harakat qiling. Agar topilsa, maʼlumotning haqiqat boʻlishi ehtimoli katta. Agar yoʻq boʻlsa, demak soxta.
3. Bularning barchasidan nimalar kelib chiqadi? Faktlarni tekshirishda siz tafsilotlarga juda ehtiyot boʻlishingiz va har qanday haqiqatni (va hattoki dalillarni) — manzillar, ismlar, nomlar, sana, iqtiboslar, havolalar va boshqalarni tekshirishingiz kerak.
4. Mahalliy yangiliklar, shuningdek tarjimadagi xalqaro yangiliklarni, masalan, BBCning mahalliy xizmatlari va boshqa veb-saytlarda tekshirish mumkin.
5. Agar siz materialda tushunarsiz soʻz / ibora / formulaga duch kelsangiz, siz Vikipediyaga murojaat qilishingiz mumkin. Ammo agar soʻz / ibora / formulalar mahalliy maʼnoga ega boʻlsa (masalan, materialda sizning mamlakat, mintaqa, shahar yoki qishlogʻingizdagi joylar keltirilgan boʻlsa), maʼlumotni davlat xizmatlari, vazirliklar, shahar hokimligi va boshqa rasmiy tashkilotlarning veb-saytlaridan izlash mumkin.
6. Matn uslubiga eʼtibor bering. Haqiqiy OAV hech qachon “Shok kontent”, “Falonchi xonanda koʻkragini koʻrsatdi — foto” kabi sarlavhalarni ishlatmaydi … Agar oʻsha saytdagi oddiy maqolalar yonida bunday sarlavhalarni koʻrsangiz, bunday ommaviy axborot vositalariga ishonmaslik yaxshiroq, chunki unda aniq bir tahririyat yoʻq.
7. Oddiy ommaviy axborot vositalari har doim asl manbaga bosish mumkin boʻlgan havolani joylashtiradi. Shu orqali siz asl materialni topishingiz yoki matnda tashkilot / kompaniya / boʻlimning matbuot xizmatidagi manbani uchratishingiz mumkin. Tashkilot veb saytiga kirib yoki matbuot xizmati bilan bogʻlanib axborotni tekshirishingiz mumkin.
