Instrument

Teskari rasm qidiruvi: Google Lens va TinEye yordamida suratni qanday tekshirish mumkin

Lupa
© Heptagon / Wikimedia Commons, Public domain

Ijtimoiy tarmoqdagi surat haqiqiymi, eskimi yoki boshqa voqeadan olinganmi — buni ko‘pincha bir necha daqiqada teskari rasm qidiruvi orqali aniqlash mumkin. Faktcheklar bu usulni eng oddiy va samarali vositalardan biri deb biladi. Quyidagi yo‘riqnoma Global tergov jurnalistikasi tarmog‘i (GIJN) qo‘llanmasi, uning Google Lens bo‘yicha maslahati va Tactical Tech’ning Data Detox Kit materialiga asoslangan.

Teskari rasm qidiruvi nima?

Oddiy qidiruvda so‘z yozasiz, teskari qidiruvda esa rasmning o‘zini yuklaysiz. Qidiruv tizimi shu yoki o‘xshash rasm internetda yana qayerda e’lon qilinganini ko‘rsatadi. Bu suratning asl manbasini va birinchi marta qachon paydo bo‘lganini topishga yordam beradi.

Google Lens

  • Kompyuterda: Chrome’da rasm ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va «Google Lens orqali qidirish»ni tanlang.
  • Telefonda: Chrome’da rasmni bosib turing va «Google Lens orqali qidirish»ni tanlang. Galereyadagi suratni Google ilovasidagi Lens belgisi orqali yuklash mumkin.

TinEye

TinEye — bepul teskari rasm qidiruv tizimi. tineye.com saytiga rasmni yuklang yoki uning havolasini joylang. Natijalarni eng eskisidan boshlab saralash mumkin — bu rasmning eng birinchi nusxasini topishda juda qo‘l keladi. Natijani asl rasm bilan solishtirib, surat qanday tahrirlanganini ham ko‘rish mumkin.

Bitta tizim yetarli emas

Agar bir tizimda natija chiqmasa, boshqasini sinab ko‘ring: Bing va Yandex’da ham teskari qidiruv bor. Har bir tizimning bazasi har xil.

Natijani qanday baholash kerak?

O‘zingizga quyidagi savollarni bering: surat birinchi marta qachon e’lon qilingan? U siz tekshirayotgan voqeadan oldin paydo bo‘lganmi? Asl manbada qanday izoh yozilgan? Agar surat voqeadan bir necha yil oldin internetda bo‘lgan bo‘lsa, demak, u kontekstdan uzib olingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.