Instrument

Twitter (X) bilan ishlash uchun eng yaxshi onlayn vositalar

Klaviaturada yozayotgan odam
© ResDigital18 / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Ma’lumotlarni tahlil qilish

Buzzsumo — Internetdagi eng mashhur maqolalarni kalit so‘z bo‘yicha topish imkonini beruvchi ajoyib vosita. Mashhurlik ijtimoiy faoliyat asosida belgilanadi, ya’ni foydalanuvchilar eng ko‘p bo‘lishgan maqolalar ko‘rsatiladi.

Foller.Me — akkauntingiz statistikasi bilan tanishishning eng oddiy usullaridan biri bo‘lib, tvitlaringizni kimlar tez-tez iqtibos keltirayotganini va auditoriyangizning diqqat markazida nimalar borligini bilib olishingiz mumkin. Bu esa qachon va nima post qilishni tushunishga yordam beradi.

FollowerWonk — ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyangiz haqida to‘liq tasavvur olish imkonini beruvchi yana bir tahlil vositasi: foydalanuvchilaringiz kimlar, ular qayerda va qanday qiziqishlarga ega.

Klout — qiziqarli ma’lumotlarni qayta ishlash xizmati bo‘lib, u shaxsiy tarmoq hajmini (ya’ni akkauntingizni), chop etilgan kontent miqdorini va boshqa foydalanuvchilar ushbu nashrlarga qanday munosabatda bo‘lishini o‘lchaydi.

MyTopTweet — akkauntingiz yoki raqibingiz akkaunti bo‘yicha eng mashhur 10 ta postni aniqlashning eng oson usullaridan biri. Bu sizga auditoriyangizni hozirgi paytda nimalar ko‘proq qiziqtirayotganini tez va oson tushunishga yordam beradi.

TweetReach — ushbu xizmat sizning postingiz Internetda qanchalik keng tarqalganligini ko‘rsatadi; eng ko‘p retvit qilingan tvitlarni va kimlar ko‘proq retvit qilganligini aniqlaydi.

TweepsMap — nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu vosita ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyangizning xaritasini tuzadi va yangi foydalanuvchilar qayerdan kelayotganligini ko‘rsatadi.

Tweriod — xizmat sizning va obunachilaringizning tvitlarining vaqti haqida tahlil qiladi va chop etish uchun mos vaqtni aniqlaydi. Tweriod sizning faoliyatingizni va obunachilaringizni tahlil qilib, tvitlaringizni eng ko‘p odamlar ko‘radigan kunlar va vaqtlarni grafikda ko‘rsatadi. Bu auditoriya qamrovini oshirishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Where Does My Tweet Go— akkauntingizdagi kontent bilan auditoriyangiz qanday muloqot qilayotganligini vizualizatsiya qilishning bir usuli: kim tvitlaringizni retvit qiladi va nashrdan keyin kimlar ko‘radi.

Kontent agregatsiyasi

Daily 140 — o‘zingiz uchun ustuvor bo‘lgan 5 tagacha Twitter foydalanuvchisini tanlang va ularning barcha nashrlari haqida elektron pochta orqali har kuni xabar olasiz. Ijtimoiy tarmoqning yangiliklar lentasidan ularning tvitlarini qidirishingiz shart emas, barcha muhim narsalarni bitta xatda olasiz.

Twurly — agar barcha tvitlarni kuzatishga vaqt bo‘lmasa, Twurly orqali oddiy sozlamalar yordamida ijtimoiy tarmoq yangiliklar lentasidan faqat muhim va qiziqarli havolalarni elektron pochtangizga olishingiz mumkin.

Vellum — xizmat yangiliklar lentangizda paydo bo‘ladigan havolalarni tartibga solishga va ularni qulay formatda o‘qishga yordam beradi.

Qidiruv funksiyalari

GeoFeedia — xizmat geolokatsiya bo‘yicha har qanday kontentni topishga imkon beradi: geografik nuqtani belgilab, qidiruvni bosing — keyin siz ushbu joy bilan bog‘liq tvitlarni tanlashingiz mumkin. Bu qyniqsa, favqulodda vaziyatlarni yoritadigan jurnalistlar uchun dolzarbdir.

Ruzzit — xizmat beta-versiyada ishlaydi, u eng mashhur postlarni — turli ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p “ulashilgan” postlarni to‘playdi.

Seen — tanlangan hashteglar bo‘yicha kontentni qidirish va kuzatishning ajoyib usuli; u Twitter qidiruv funksiyasidan samaraliroq ishlaydi.

SnapBird — Twitter’ning kamchiliklaridan biri, bu ma’lum bir tvitni o‘z yoki boshqalarning tarixidagi yozuvlar orasidan qidirishning juda qiyinligi. Ushbu manba aynan ushbu muammoni hal qiladi.

Trends24 — ushbu xizmat yordamida soatlik (soat sayin) va dunyodagi (mamlakatdan mamlakatga) asosiy tendensiyalarni kuzatishingiz mumkin. Bu ijtimoiy tarmoqdagi auditoriyaning manfaatlaridan kelib chiqib, kundalik mavzularni yaxshiroq baholashga yordam beradi.

TwiPho — Twitter’da joylashtirilgan fotosuratlarni qidirishning mashhur usullaridan biri.

TwXplorer — KnightLab tomonidan ishlab chiqilgan eng ko‘p talab qilinadigan ishlanmalardan biri. Xizmat sizning so‘rovingiz bilan bog‘liq eng mashhur hashteglar, kalit so‘zlar va havolalar bo‘yicha tahlilni taqdim etadi hamda qiziqarli mavzu bo‘yicha so‘nggi 500 ta tvitni saqlaydi.

Manbalar bilan ishlash

Emergent — ko‘pincha aynan Twitter orqali dizinformatsiya va turli feyk xabarlar tarqatiladi. Kolumbiya universiteti jurnalisti va tadqiqotchisi onlayn yangiliklarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mishlarni aniqlash va fosh qilish uchun xizmat ishlab chiqqan.

Twee-Q — ushbu resurs yordamida sizning postingizni sharhlagan ayollar va erkaklar ulushini darhol aniqlash mumkin. Bu ijtimoiy tarmoqda so‘rovlar o‘tkazadigan OAV uchun muhim bo‘lishi mumkin.

Who Tweet It First — Twitter’da ayrim mavzular bo‘yicha postlar tez paydo bo‘ladi va tarqaladi. Ushbu xizmat ma’lum bir mavzu bo‘yicha postni birinchi bo‘lib kim chop etganini bilishga yordam beradi. Masalan, bu yondashuv hodisalarning guvohlarini qidirayotgan jurnalistlar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Qo‘shimcha xizmatlar

AnalyzeWords — xizmat ko‘pincha qaysi holatda nimani nashr etayotganingizni va nashrlaringizning xarakterini aniqlaydi. Shunday qilib, tvitlar asosida sizning kayfiyatingiz yoki xarakteringiz haqida xulosa chiqarish mumkin.

Crowdfire — xizmat akkauntingiz auditoriyasini baholaydi va siz uchun yangi foydalanuvchilarni topishga harakat qiladi.

Filta — umumiy qiziqishlarga ega do‘stlarni topishning oddiy usullaridan biri.

GroupTweet — bu vosita ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga shaxsiy guruhlarda va jamoat oldida bir vaqtning o‘zida muloqot qilish imkonini beradi.

Twiangulate — Twitter’da obunachilar guruhlarini taqqoslash uchun xizmat. Bu yordamida potentsial yangi obunachilarni aniqlash mumkin.

WriteRack — agar siz 140 belgidan ko‘proq bo‘lgan tvit yozmoqchi bo‘lsangiz, ushbu xizmat sizga kerak bo‘ladi. U uzun matnni bloklarga ajratadi va qulay formatda nashr qiladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.