Instrument

Internetdagi feyk maʼlumotlarni qanday tekshirish mumkin?

Soxta yangiliklar tez tarqaladi

Tarkibida Gripp virusi bor mandarin yoki vabo tarqatuvchi mineral suv haqida yangiliklar albatta haqiqiy emas. Bu soxta feyk xabarlardir. Ular haqiqiy xabarlarga nisbatan 70 foizga tezroq tarqalib, koʻp yillar davomida tarmoqda bemaqsad tentirab yuradi.

«Fake News» / «Soxta yangiliklar» oʻzi nima?

Feyk — ataylab yolgʻon koʻpincha shov-shuvli maʼlumotlar haqiqiy yangiliklar sifatida uzatiladi. “1-Aprel” ning hazillari yiliga bir marta boʻladigan boʻlsa, feyk xabarlar mavsumi tugamaydi. U yil davomida turli xil manipulyatsiyalarning vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Soxta yangiliklar kimga kerak?

Feyk xabarlar yildan yilga koʻpayib bormoqda. XXI asrning soxta yangiliklari koʻpincha axborot nashrining moliyaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan. Soxta xabarlar bazʼida kimningdir siyosiy yoki tijoriy manfaatlari uchun ham tarqatiladi. Bu nashriyotning oʻquvchilarni eʼtiborini oʻziga qaratishi uchun yoki baʼzida shunchaki olomonning mish-mishlarlari boʻlishi mumkin.

Feyklar eng sodda oʻquvchilarga “hujum qiladi”

Soxta maʼlumotlar oddiy yangiliklarni taqlid qiladi va shu sababli vahima qoʻzgʻatishi mumkin. Masalan, oʻspirinlar koʻplab foydalanuvchilari boʻlgan har qanday manbaga ishonishadi. Har beshinchi boladan biri Google qidiruv tizimi koʻrsatgan saytga komil ishonch bilan qaraydi.

Bolalar shu yoʻl bilan biznesga olib kirilmoqda

Oʻsmirlar bu noqonuniy ekanligini tushunmasdan, feyk xabarlar yaratishga jalb qilinmoqda. Ular pul ishlash yoʻllarini Google orqali qidirib, feyk yangiliklar yoki soxta layklar yaratish orqali pul ishlashni taklif qiladigan saytlarga kirib qolishmoqda.

Feyklarning Internetdagi belgilari

Ularni ajratib olish qiyin emas. “Sariq matbuot”ga xos sarlavha, koʻrsatilmagan joy, noaniq vaqt, nomaʼlum matn yoki hech bir manbaga ishora qilinmasligi, messenjerlarda begonalarning vahima haqidagi xabarlari — soxta yangiliklarning alomatlaridir.

Shubhali yangiliklarni qanday tekshirish mumkin

Xabardan kalit soʻzlarni qidiruv tizimida izlab koʻring. Agar boshqa manbalar boʻlmasa, u feyk boʻlishi mumkin. Agar ular boʻlsa, ommaviy axborot vositalarining ishonchliligini koʻrib chiqing.

Feyklarni yana qanday aniqlash mumkin?

Suratlarda oʻzgarishlarni amalga oshira oladigan, tarmoqdagi maʼlumotlarni tarqatadigan akkauntlarni tekshiradigan va bolalarni Internetdagi maʼlumotlarga shubha bilan qarashga va tekshirishga oʻrgatadigan dasturlardan foydalaning.

Feyklarni tarqalishini qanday toʻxtatish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlanmagan maʼlumotlarga «like» bosmang yoki qayta ulashmang. Agar xabar soxta boʻlsa, post ostidagi “Report – Shikoyat” tugmasini bosing.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.