{"id":8201,"date":"2025-08-25T13:47:17","date_gmt":"2025-08-25T08:47:17","guid":{"rendered":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201"},"modified":"2025-08-25T13:47:17","modified_gmt":"2025-08-25T08:47:17","slug":"turkiyada-narh-ichiga-kiritilgan-tizimi-bekor-qilinadimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201","title":{"rendered":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi?"},"content":{"rendered":"<p>Turkiya mehmonxonalarida juda katta miqdorda ovqat chiqindiga aylanmoqda. Shu sababdan prezident Erdo\u2018g\u2018anning maslahatchilari turistlar orasida mashhur bo\u2018lgan \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d (All inclusive) xizmat tizimidan voz kechishni taklif qilmoqda.<\/p>\n<p>Mehmonxonalar turistlarni restoran dasturxoni jalb qilishini yaxshi tushunishadi va o\u2018z saytlari sahifalarini oshxonalaridagi mo\u2018l-ko\u2018l dasturxon suratlari bilan to\u2018ldirishadi. Shu bois ko\u2018pchilik sayyohlar aynan \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d paketni tanlashadi \u2013 bu deyarli tunu kun turli taomlarni istagancha yeyish imkonini beradi. Ayniqsa bolali oilalar uchun juda qulay.<\/p>\n<p>Biroq ko\u2018plab sayyohlar uchun \u201cshved stoli\u201d sarguzashtga aylanadi: iloji boricha ko\u2018proq taom tatib ko\u2018rishga urinib, likoblarini qayta-qayta to\u2018ldirishadi. Natijada esa ko\u2018p miqdorda ortib qolgan ovqat chiqindiga aylanadi.<\/p>\n<p>Turkiya OAVlari xabariga ko\u2018ra, Qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat kengashi a\u2019zolari endilikda bunday bufetlar faoliyatini chuqurroq o\u2018rganmoqchi. Ular yaqin oylarda oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo\u2018yicha yangi konsepsiya ishlab chiqishni rejalashtirgan.<\/p>\n<h4>Har bir turk fuqarosi yiliga o\u2018rtacha 102 kg ovqatni chiqindiga tashlaydi<\/h4>\n<p>Turkiyada har yili qariyb 8,7 million tonna oziq-ovqat chiqindiga tashlanadi. Bu raqam isrofgarchilikni oldini olish jamg\u2018armasi (TISVA) hisobotida keltirilgan bo\u2018lib, u BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ma\u2019lumotlariga tayanadi. TISVA hisob-kitoblariga ko\u2018ra, bu ko\u2018rsatkichni atigi ikki foizga kamaytirish 360 ming turk oilasini bir yil davomida asosiy mahsulotlar bilan ta\u2019minlashga yetarli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Har bir turk o\u2018rtacha yiliga 102 kg ovqatni tashlab yuboradi. Bu mamlakat yillar davomida iqtisodiy muammolar va yuqori inflyatsiya bilan kurashib kelayotganini hisobga olsak, juda katta raqam. Solishtirish uchun: Germaniyada bu 78 kg, dunyo bo\u2018yicha esa o\u2018rtacha 132 kg.<\/p>\n<p>Ramazon Bingyol, Prezident huzuridagi Qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat kengashi a\u2019zosi, ayniqsa \u201cshved stoli\u201d nonushtalarini keskin tanqid qilmoqda. Uning aytishicha, bitta mehmon uchun 15\u201320 xil mayda idishda pishloq, kolbasa, murabbo, asal, qaymoq, sariyog\u2018 va tuzlangan sabzavotlar qo\u2018yiladi. Bunga yana kartoshka fri, pishiriqlar, tuxum va mahalliy taomlar qo\u2018shiladi. Natijada stol to\u2018lib ketib, hatto asosiy likobni qo\u2018yishga joy qolmaydi.<\/p>\n<h4>Turkiya mehmonxonalarida nonushta konsepsiyasi muhokama qilinmoqda<\/h4>\n<p>Bingyol \u2013 Turkiya ovqatlanish va turizm korxonalari assotsiatsiyasi (T\u00dcRES) raisi sifatida ham \u2013 bu tizimni tubdan qayta ko\u2018rib chiqish kerakligini aytmoqda. Uning fikricha, hozirgi nonushtalarning yarmi axlatga ketmoqda.<\/p>\n<p>Kelajakda, deydi u, har bir turist o\u2018zi xohlab tanlash imkoniyatiga ega bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<blockquote><p>\u201cMasalan, diabet bilan og\u2018rigan odam uch-to\u2018rt idish murabbo yemaydi. Lekin hozirgi tizimda ular baribir stolga qo\u2018yiladi va keyin axlatga ketadi\u201d, \u2013 deya ta\u2019kidlaydi T\u00dcRES rahbari.<\/p><\/blockquote>\n<p>Bingyol, shuningdek, restoranlarda to\u2018lov tizimi ham moslashuvchan bo\u2018lishi kerakligini qayd etdi. Hozir mehmonlar soniga qarab albatta bir xil miqdorda taom qo\u2018yiladi. Aslida esa uch kishilik guruh ikki kishilik nonushta bilan bemalol to\u2018yishi mumkin. Bu esa oziq-ovqatni, xomashyolarni, elektrni, ish vaqtini va atrof-muhitni tejash demakdir. Shu bois bu masalani u milliy xavfsizlik masalasi sifatida ko\u2018rmoqda.<\/p>\n<h4>E\u2019tibor markazida \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d mehmonxonalar<\/h4>\n<p>T\u00dcRES rahbari fikricha, mehmonxonalar endi saxiy bufetlardan voz kechib, menyu asosida xizmat ko\u2018rsatishga o\u2018tishi lozim. Chunki turist \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d stolni ko\u2018rganida: \u201cVoy, bu qadar ko\u2018p taom, hammasini tatib ko\u2018rishim kerak\u201d, degan o\u2018yga boradi. Natijada ko\u2018plab ovqatlar yeyilmay qoladi va chiqindiga ketadi.<\/p>\n<p>Shunga qaramay, rasmiy ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, dunyo bo\u2018yicha oziq-ovqat chiqindilarining asosiy manbai \u2013 xonadonlar (60%). Qolgan 40% xizmat ko\u2018rsatish sohasi va chakana savdoga to\u2018g\u2018ri keladi. Bu nisbat Turkiya uchun ham xos.<\/p>\n<h4>Prezident maslahatchilari takliflari nima bilan yakunlanadi?<\/h4>\n<p>Xabarlarga ko\u2018ra, prezident maslahatchilari, jumladan Ramazon Bingyol, ikki oy ichida chiqindilarni kamaytirish bo\u2018yicha o\u2018z taklif loyihalarini ishlab chiqib, prezidentga taqdim etmoqchi. Bu tashabbus qoidaga aylanishi noma\u2019lum, ammo loyiha allaqachon Rossiya va Germaniya ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo\u2018ldi. Chunki Turkiyaga eng ko\u2018p sayyohlar Rossiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keladi.<\/p>\n<p>Rossiya Tur operatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) bu xabarlarga tezda munosabat bildirdi: Bingyolning gaplari faqat maslahat xarakterida, u hech qanday majburlovchi vakolatga ega emas. Turkiya mehmonxonalari esa o\u2018z mijozlari uchun ovqatlanish tizimini mustaqil belgilash huquqiga ega.<\/p>\n<p>ATOR, shuningdek, Bingyolning manfaatlar to\u2018qnashuviga e\u2019tibor qaratdi: u nafaqat prezident kengashi a\u2019zosi, balki ovqatlanish va turizm assotsiatsiyasi rahbari ham. ATOR fikricha, agar mehmonxonalar \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d paketni davom ettirsa, restoranlar mijozsiz qolishi mumkin. Yana bir jihat \u2013 Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmed Ersoyning o\u2018zi bir necha yirik \u201cultra narh ichiga kiritilgan\u201d mehmonxonalarga egalik qiladi va ular mamlakatdan tashqarida ham mashhur. Shuning uchun u bunday tizimni bekor qiladi, deb o\u2018ylash juda soddalik bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Prezident ma\u2019muriyati ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, 2024-yilda Turkiya turizm sektori 8,3% ga oshib, 61 mlrd dollardan oshgan. Eng ko\u2018p tashrif buyurgan xorijliklar orasida chet elda yashovchi turk vatandoshlar (9,6 mln) yetakchilik qiladi. Keyingi o\u2018rinlarda ruslar (6,7 mln), nemislar (6,6 mln) va britaniyaliklar (4,4 mln) turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiya mehmonxonalarida juda katta miqdorda ovqat chiqindiga aylanmoqda. Shu sababdan prezident Erdo\u2018g\u2018anning maslahatchilari turistlar orasida mashhur bo\u2018lgan \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d (All inclusive) xizmat tizimidan voz kechishni taklif qilmoqda.\u2026<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_themeisle_gutenberg_block_has_review":false,"footnotes":""},"categories":[44],"tags":[],"class_list":["post-8201","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-yangiliklar"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.9 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Turkiya mehmonxonalarida juda katta miqdorda ovqat chiqindiga aylanmoqda. Shu sababdan prezident Erdo\u2018g\u2018anning maslahatchilari turistlar orasida mashhur bo\u2018lgan \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d (All inclusive) xizmat tizimidan voz kechishni taklif qilmoqda.\u2026\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-08-25T08:47:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/colazioni-buffet_idee-per-lallestimento-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"825\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"464\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201\"},\"author\":{\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\"},\"headline\":\"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi?\",\"datePublished\":\"2025-08-25T08:47:17+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201\"},\"wordCount\":761,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"articleSection\":[\"Yangiliklar\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201\",\"name\":\"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\"},\"datePublished\":\"2025-08-25T08:47:17+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8201#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"description\":\"Har bir faktda xolislik\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"Factcheck.uz\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/uzfactcheck\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/FactcheckUz\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\",\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"url\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"ikhtiyorrakhman\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz","og_description":"Turkiya mehmonxonalarida juda katta miqdorda ovqat chiqindiga aylanmoqda. Shu sababdan prezident Erdo\u2018g\u2018anning maslahatchilari turistlar orasida mashhur bo\u2018lgan \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d (All inclusive) xizmat tizimidan voz kechishni taklif qilmoqda.\u2026","og_url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201","og_site_name":"Factcheck.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","article_published_time":"2025-08-25T08:47:17+00:00","og_image":[{"width":825,"height":464,"url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/colazioni-buffet_idee-per-lallestimento-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"ikhtiyorrakhman","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@FactcheckUz","twitter_site":"@FactcheckUz","twitter_misc":{"Written by":"ikhtiyorrakhman","Est. reading time":"4 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201"},"author":{"name":"ikhtiyorrakhman","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a"},"headline":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi?","datePublished":"2025-08-25T08:47:17+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201"},"wordCount":761,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"articleSection":["Yangiliklar"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201","url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201","name":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi? - Factcheck.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website"},"datePublished":"2025-08-25T08:47:17+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8201#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/factcheck.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Turkiyada \u201cnarh ichiga kiritilgan\u201d tizimi bekor qilinadimi?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","name":"Factcheck.uz","description":"Har bir faktda xolislik","publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/factcheck.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization","name":"Factcheck.uz","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","contentUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","width":512,"height":512,"caption":"Factcheck.uz"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","https:\/\/x.com\/FactcheckUz"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a","name":"ikhtiyorrakhman","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","caption":"ikhtiyorrakhman"},"sameAs":["https:\/\/factcheck.uz"],"url":"https:\/\/factcheck.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=8201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8204,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8201\/revisions\/8204"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=8201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=8201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=8201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}