{"id":8076,"date":"2025-06-07T13:34:34","date_gmt":"2025-06-07T08:34:34","guid":{"rendered":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076"},"modified":"2026-11-22T16:03:21","modified_gmt":"2026-11-22T11:03:21","slug":"malumotlar-bilan-ishlash-kichik-tahririyatlar-uchun-amaliy-tavsiyalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076","title":{"rendered":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar"},"content":{"rendered":"<p>Kichik tahririyatlar uchun hozirgiday davrda ma\u2019lumotlardan foydalanish naqadar muhim ekani haqida chuqurroq o\u2018ylashi zarur. Biroq ular ko\u2018pincha turli to\u2018siqlarga duch kelishadi: moliyaviy taqchillik, resurslarning yetishmasligi va an\u2019anaviy jurnalistikaga oid eskicha qarashlar.<\/p>\n<p>Har qanday hikoya \u2013 bu data-hikoyaga aylanishi mumkin, har qanday jurnalist \u2013 data-jurnalist bo\u2018la oladi va har qanday tahririyat \u2013 data-loyihalarni yaratishga qodir.<\/p>\n<p>Generativ sun\u2019iy intellekt vaqtni tejash va ma\u2019lumotlar bilan ishlashdan yuqori samaradorlik olishga yordam beradi. Bunday yondashuv qo\u2018rqinchli tuyulishi mumkin, biroq agar statistik ma\u2019lumotlar yaxlitligi saqlansa, ma\u2019lumotlar tez tozalanib, kod yozilsa \u2013 katta, o\u2018rta va hatto kichik tahririyatlar ham murakkab data-loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari mumkin.<\/p>\n<p>Quyidagi savollar ustida o\u2018ylab ko\u2018rish foydali bo\u2018lishi mumkin: Kichik tahririyatlar yangi imkoniyatlardan qanday foyda olishlari mumkin? Yangi vositalar har qanday turdagi ma\u2019lumotlar bilan samarali ishlay oladimi? Ularni har xil ma\u2019lumotlar bilan ishlash uchun qo\u2018llasa bo\u2018ladimi?<\/p>\n<p>Kichik tahririyatlar bu transformatsiyani qanday boshlashlari mumkin?<br \/>\nQuyida bu borada nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz va muhim savollarga javoblarni taklif qilamiz.<\/p>\n<ul>\n<li>Nega data-jurnalistika kichik tahririyatlar uchun zarur?<\/li>\n<li>Kichik jamoada yangiliklar ma\u2019lumotlarini tahlil qilishning afzalliklari nimalarda?<\/li>\n<li>Cheklangan byudjet va xodimlar soni sharoitida qanday qilib ta\u2019sirli data-loyihalar yaratish mumkin?<\/li>\n<li>Kichik tahririyatlar uchun qanday treninglar, mahorat darslari va bepul onlayn kurslar foydali bo\u2018lishi mumkin?<\/li>\n<li>Ma\u2019lumotlar bilan samarali ishlash uchun kichik tahririyat ichida qanday tashkilot modeli bo\u2018lishi kerak?<\/li>\n<li>Kichik tahririyatlar qaysi (bepul yoki arzon) data-ishlash vositalaridan foydalanishlari mumkin?<\/li>\n<li>Ochiq ma\u2019lumotlar manbalarini qayerdan topsa bo\u2018ladi?<\/li>\n<li>Sigma mukofoti sohibi bo\u2018lgan kichik tahririyatlardan qanday saboq olish mumkin?<\/li>\n<\/ul>\n<h3>Kichik jamoada ma\u2019lumotlardan foydalanishning afzalliklari<\/h3>\n<p>Kichik tahririyatlar ma\u2019lumotlardan foydalanish va data-materiallar yaratishga sarmoya kiritish haqida o\u2018ylashlari kerak, chunki bu aniqlik, chuqurlik, auditoriyani ushlab qolish va sadoqatini oshirishda katta ustunlik beradi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumotlar yordamida tahririyatlar yanada aniq, ishonchli va tezkor xabarlar tayyorlashadi, bu esa auditoriyaning e\u2019tiborini jalb qilish va raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Real vaqt rejimidagi tahlil orqali xatolarni tezda aniqlash va tuzatish, hamda axborotni tekshirish mumkin bo\u2018ladi. Bu esa yangiliklarni yanada mukammal taqdim etish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Turli manbalardan ma\u2019lumot to\u2018plash va tahlil qilish orqali o\u2018quvchilarga kengroq va chuqurroq nuqtayi nazar taqdim etiladi.<\/p>\n<p>Chuqur <a href=\"https:\/\/www.cambridge.org\/core\/books\/abs\/data-journalism-handbook\/data-visualizations-newsroom-trends-and-everyday-engagements\/BF0AB5CC709CF33D335A7E2677947F8B\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">data-tahlil<\/a> tahririyatning raqobatbardoshligini oshiradi, o\u2018quvchi e\u2019tiborini tortadi va ularning ishtirokini kuchaytiradi.<\/p>\n<p>Data-vizualizatsiya esa murakkab mavzularni tushunishni osonlashtiradi va ma\u2019lumotni tezroq qabul qilishga yordam beradi. Shuningdek, bo\u2018lajak tendensiyalar va voqealarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumotlarga asoslangan qarorlar tahririyat resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini yaratadi.<\/p>\n<h3>Cheklangan byudjet va kam sonli xodimlar bilan qanday qilib ta\u2019sirli data-loyihalar yaratish mumkin?<\/h3>\n<p>Barchasi \u2013 <strong>muloqot<\/strong>da. Har doim jamoa bilan ochiq gaplashing va duch kelayotgan muammolarni muhokama qiling. Muloqotsiz yaxshi data-hikoya bo\u2018lmaydi!<\/p>\n<p>Rol va <a href=\"https:\/\/www.informatica.com\/resources\/articles\/data-pipeline.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">vazifalarni aniqlang<\/a>, data bilan ishlashning bosqichma-bosqich tartibiga amal qiling: ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish va konvertatsiya qilish (odatda qog\u2018ozdan raqamli shaklga), tozalash, tahlil qilish va hikoya tayyorlash.<\/p>\n<p>Ish samaradorligi uchun fayllar, ma\u2019lumotlar, eslatmalar bilan ishlash va ulashish tizimini joriy qiling va saqlang.<\/p>\n<p>Boshlanishda loyihaning kalendar sanasiga emas, bosqichlariga asoslangan muddatlarni belgilang.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/bristoluniversitypressdigital.com\/edcollchap-oa\/book\/9781529228649\/ch007.xml\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Metama\u2019lumotlar<\/a> bilan ishlashni o\u2018rganing. Ma\u2019lumot to\u2018plamining tuzilmasini qanchalik yaxshi tushunsangiz, ishlash shunchalik oson bo\u2018ladi. Noto\u2018g\u2018ri yoki notanish atamalar uchun lug\u2018at yarating \u2013 bu keyingi ishlarda vaqtingizni tejaydi. Bu \u2013 metama\u2019lumotlar kuchidir!<\/p>\n<p><strong>Eslatmalar yozing.<\/strong> Har bir qadamni hujjatlashtiring. Bu nafaqat vaqtni tejaydi, balki jamoangizni strategik fikrlashga majbur qiladi. Ma\u2019lumotlaringizni muntazam saqlang va nusxalarini yarating \u2013 bu sizni loyihangizni yo\u2018qotishdan asraydi.<\/p>\n<p><strong>Yangi dasturlash tillarini sinab ko\u2018ring.<\/strong> Excel va shunga o\u2018xshash vositalardan foydalanish oddiy hol, lekin R yoki Python kabi tillarni o\u2018rganish \u2013 keyingi qadam bo\u2018lishi kerak. Shuningdek, sun\u2019iy intellektni <a href=\"https:\/\/ipi.media\/mif24-how-ai-can-redefine-tasks-in-the-newsroom\/#:~:text=As%20useful%20as%20AI%20can,and%20partnerships%20at%20the%20Associated\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">qo\u2018shimcha vosita sifatida<\/a> joriy qilishni o\u2018ylab ko\u2018ring.<\/p>\n<p><strong><a href=\"https:\/\/dataimp.wordpress.com\/2015\/03\/29\/data-flowchart\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Blok-sxemalar<\/a>dan<\/strong> foydalaning. Ularni doimiy takomillashtirish mumkin. Muammo chiqqanda, loyihani jamoa bilan birga boshqatdan tuzishda blok-sxema yondashuvi foydali bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Qiziqarli misol<\/strong>: <em>Ortak<\/em>dagi uch nafar jurnalist \u201c<a href=\"https:\/\/ortak.org\/tr\/isler\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Turkiya: Trollingning oltin koni<\/a>\u201d loyihasini yaratdi. Tadqiqotchilar X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog\u2018ida kamida 181 akkauntni yuritgan trol tarmog\u2018ini <a href=\"https:\/\/ortak.org\/tr\/veri-tr\/itibar-isportada-veri-seti\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">fosh qilishdi<\/a>, ularning faoliyati, maqsadlari va ehtimoliy sabablarini tahlil qilishdi. Jamoa barcha ma\u2019lumot to\u2018plamlariga ochiq kirishni ham ta\u2019minladi.<\/p>\n<p>Quyida byudjeti va resurslari cheklangan tahririyatlar uchun data-jurnalistika bilan shug\u2018ullanishni boshlash uchun soddalashtirilgan reja:<\/p>\n<ul>\n<li>Ehtiyojlar tahlilini o\u2018tkazing.<\/li>\n<li>Mavjud ma\u2019lumot manbalarini aniqlang (bepul <a href=\"https:\/\/odin.opendatawatch.com\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">ochiq ma\u2019lumot platformalari<\/a>ni ham qo\u2018shgan holda).<\/li>\n<li>Data-jamoa tuzing, hatto u kichik bo\u2018lsa ham (masalan, hamma narsadan oz-moz tushunadigan ikki kishi va asosiy data-tahlil vositalarini biladigan yana ikki kishi).<\/li>\n<li>Jamoangizni muntazam ravishda o\u2018qiting (<a href=\"https:\/\/sankalppatil12112001.medium.com\/learn-osint-for-free-best-courses-available-online-5439164b219d\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">OSINT<\/a>, <a href=\"https:\/\/microsoft.github.io\/AI-For-Beginners\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">sun\u2019iy intellekt<\/a>, <a href=\"https:\/\/datajournalism.com\/watch\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">bepul onlayn kurslar<\/a>, taklif qilingan mutaxassislar bilan treninglar).<\/li>\n<li>Qaysi data-loyihalar ustida ishlashingizni aniqlang (aniq chegaralar, doiralar va jamoatchilik manfaatini hisobga olgan holda).<\/li>\n<li>Ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish va tahlil qilish bosqichiga e\u2019tibor qarating (generativ sun\u2019iy intellektdan foydalanish texnik jihatlarga emas, balki jurnalistik qismga ko\u2018proq e\u2019tibor qaratishga imkon beradi).<\/li>\n<li>Ma\u2019lumotlarni vizual tasvirlashning turli usullariga e\u2019tibor bering (<a href=\"https:\/\/datavizcatalogue.com\/search.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">ularning funksiyalariga qarab<\/a>).<\/li>\n<li>O\u2018quvchilar bilan aloqani kuchaytirishga va kommunikatsiyani mustahkamlashga harakat qiling (ijtimoiy tarmoqlar, kampaniyalar, so\u2018rovlar).<\/li>\n<li>Imkon qadar tez-tez fikr-mulohazalarni yig\u2018ing.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/docs.google.com\/spreadsheets\/d\/1xI9UZnuzuH1dV6iYGH3UWyDuRvXNvCxz3c4mo9TAuxk\/edit?gid=0#gid=0\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Ochiq kodli vositalardan foydalaning<\/a> (ulardan foydalanish oson va sozlash qulay).<\/li>\n<li>Ochiq manbalar (mahalliy, milliy va global) ro\u2018yxatini tuzing va axborot so\u2018rovlarini yuborishdan tortinmang.<\/li>\n<li>Tahlil qilish oson bo\u2018lgan <a href=\"https:\/\/www.kaggle.com\/datasets\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">strukturaviy manba<\/a>larni ishlating. Bunday ma\u2019lumotlar to\u2018plamlari \u201chayotni saqlab qolishi\u201d mumkin. <a href=\"https:\/\/github.com\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">GitHub<\/a>\u2019dan foydalanib, ma\u2019lumotlaringizni yangilab boring va keyingi loyihalar uchun ulashing.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Muhim jihat: har qanday hikoya \u2014 bu data-hikoyaga aylanishi mumkin, har qanday jurnalist \u2014 data-jurnalist bo\u2018lishi mumkin, va har qanday tahririyat \u2014 data-loyihalarni yaratishi mumkin.<\/p>\n<h3><strong>Qanday data-treninglar va onlayn kurslar foydali bo\u2018lishi mumkin?<\/strong><\/h3>\n<ul>\n<li>Jurnalistlar va muharrirlar uchun data bo\u2018yicha treninglar.<\/li>\n<li>Ekspert maslahatlari. Kichik tahririyat jurnalistlari uchun kundalik yangilik oqimida ma\u2019lumotlarni tahlil qilish uchun vaqt topish qiyin bo\u2018lishi mumkin, shu sababli tashqi mutaxassislarning yordami yoki murabbiy bilan ishlash foydadan holi bo\u2018lmaydi.<\/li>\n<li>Data bilan ishlash ko\u2018nikmalarini rivojlantirish uchun turli <a href=\"https:\/\/datajournalism.com\/watch\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">treninglar<\/a>, master-klasslar va MOOC (ommaviy ochiq onlayn kurslar) formatidagi kurslar mavjud.<\/li>\n<li>Internetda yangi kurslar va kontent e\u2019lonlarini kuzatish uchun onlayn ogohlantirishlarni sozlang.<\/li>\n<li>Mahalliy <a href=\"https:\/\/datajournalism.com\/read\/handbook\/one\/case-studies\/citizen-data-reporters\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">data-trekerlar<\/a> bilan ishlang. Fuqarolik data-jurnalistlar tarmog\u2018ini yaratish imkoniyatini ko\u2018rib chiqing.<\/li>\n<\/ul>\n<h3><strong>Ma\u2019lumotlar bilan samarali ishlash uchun kichik tahririyatni qanday tashkil qilish mumkin?<\/strong><\/h3>\n<ul>\n<li>Loyihani boshlashdan oldin, oldindan tayyorgarlik ko\u2018ring.<\/li>\n<li>Kerakli resurslarga tezkor kirish uchun tanlangan fayllar ro\u2018yxatini tuzing.<\/li>\n<li>Aloqa kontaktlari ro\u2018yxatini yuriting (va uni doimiy yangilab boring).<\/li>\n<li>Bo\u2018sh vaqtingizda ma\u2019lumotlar bazalari bilan ishlash ko\u2018nikmalarini mashq qiling.<\/li>\n<li>Jamoaga amaliy topshiriqlar bering va muddatlarni belgilang.<\/li>\n<li>Maxsus ma\u2019lumotlar bazasi faylini saqlang, bu sizga loyiha uchun kerak bo\u2018ladi.<\/li>\n<li>Ma\u2019lumotlar bazasidan tez-tez foydalaning va ularni yangilab boring.<\/li>\n<li>Yangi yondashuvlarni izlang yoki ma\u2019lumotlarga yangi nigoh bilan qarashga intiling.<\/li>\n<li>Har bir ishtirokchi maqsad va g\u2018oyalarni ulashadigan jamoaviy muhit yarating.<\/li>\n<li>Eng muhim qadam \u2013 bu ma\u2019lumotlarni qanday qilib qiziqarli hikoyaga aylantirishni tushunish ekanligini tan oling.<\/li>\n<\/ul>\n<h3><strong>Ma\u2019lumotlar bilan ishlash uchun qanday vositalardan foydalanish mumkin (bepul yoki arzon)?<\/strong><\/h3>\n<p>Kichik yangilik tahririyatlari ko\u2018pincha ma\u2019lumotlar asosidagi hikoyalarni yaratishda foydalanish oson va qulay vositalarni afzal ko\u2018radi. Biroq, <a href=\"https:\/\/onlinejournalismblog.com\/2017\/08\/07\/10-principles-for-data-journalism-in-its-second-decade\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">muharrirlik mustaqilligini<\/a> \u2013 bu vositalar qayerdan chiqqanini (ochiq kodli versiyalar afzal) \u2013 va data-jurnalistikaning axloqiy me\u2019yorlarini hisobga olish muhim. Mana ma\u2019lumotlar bilan ishlash uchun bir nechta qulay vositalar:<\/p>\n<ul>\n<li><a href=\"https:\/\/voyant.lincsproject.ca\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Voyant Tools<\/strong><\/a> \u2013 raqamli matnlarni o\u2018qish va tahlil qilish uchun veb-platforma.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.microsoft.com\/ru-ru\/microsoft-365\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Microsoft Excel<\/strong><\/a> yoki <a href=\"https:\/\/workspace.google.com\/products\/sheets\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Google Sheets<\/strong><\/a> \u2013 deyarli har bir kompyuterda mavjud bo\u2018lgan keng tarqalgan elektron jadvallar dasturlari. Ular tahlil, tozalash va oddiy vizualizatsiyalar yaratish uchun juda mos. Bu vositalar data-loyihalar uchun a\u2019lo boshlang\u2018ich nuqta bo\u2018lishi mumkin.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/gptexcel.uk\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>GPT Excel<\/strong><\/a> \u2013 mavjud vositalarga sun\u2019iy intellektni qo\u2018shuvchi plaginlar.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/openrefine.org\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>OpenRefine<\/strong><\/a> \u2013 ma\u2019lumotlarni tozalash va standartlashtirish uchun ochiq kodli servis. Murakkab ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarini tozalash va tartibga solish uchun juda mos.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/tabula.technology\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Tabula<\/strong><\/a> \u2013 PDF-fayllardan ma\u2019lumotlarni ajratib olishga yordam beradigan ochiq kodli data-jurnalistika vositasi.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.r-project.org\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>R<\/strong><\/a> \u2013 statistik hisob-kitoblar va ma\u2019lumotlar vizualizatsiyasi uchun dasturlash tili. U skreyping, bioinformatika va ma\u2019lumotlar tahlilida keng qo\u2018llaniladi.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.python.org\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Python<\/strong><\/a> \u2013 tez ishlashga va tizimlarni samaraliroq integratsiya qilishga imkon beruvchi yana bir dasturlash tili.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.datawrapper.de\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Datawrapper<\/strong><\/a> \u2013 oddiy interfeysi yordamida interaktiv grafikalar, xaritalar va infografikalar yaratishga imkon beradi. Dasturlash ko\u2018nikmalarini talab qilmaydi va hikoyangizning vizual ko\u2018rinishini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, <a href=\"https:\/\/app.datawrapper.de\/river\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Datawrapper River<\/strong><\/a> foydali.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/docs.google.com\/presentation\/u\/0\/d\/1eJd9fJPngvcQMARKjUjKNHsxSahr743cf0w1GFXzn3s\/edit\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Flourish<\/strong><\/a> \u2013 interaktiv ma\u2019lumotlar vizualizatsiyasini yaratish uchun platforma. Qulay interfeys va tasvir yaratish imkoniyatlari orqali data-loyangizning vizual hikoyasini yaxshilaydi. <a href=\"https:\/\/flourish.studio\/solutions\/newsrooms\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Flourish for Newsrooms<\/strong><\/a> opsiyasini sinab ko\u2018ring.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/public.tableau.com\/app\/discover\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Tableau Public<\/strong><\/a> \u2013 foydalanuvchilarga ma\u2019lumotlarni tahlil qilish va interaktiv vizualizatsiyalar yaratish imkonini beradigan platforma. Uning bepul versiyasi kichik tahririyatlar uchun tejamkor variantdir.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.atlassian.com\/software\/trello\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Trello<\/strong><\/a> yoki <a href=\"https:\/\/www.airtable.com\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Airtable<\/strong><\/a> \u2013 bunday loyiha boshqaruvi vositalari data-loyihalaringizni tashkil qilish va ish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarini boshqarish, vazifalarni belgilash va kuzatishda ishlatiladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bu vositalar kichik tahririyatlarga data-loyihalar ustida samarali ishlashda yordam beradi. Qaysi birini tanlash esa sizning ehtiyojlaringiz, imkoniyatlaringiz va byudjetingizga bog\u2018liq.<\/p>\n<h3><strong>Ochiq ma\u2019lumotlar manbalarini qayerdan topsa bo\u2018ladi?<\/strong><\/h3>\n<ul>\n<li><strong>Davlat muassasalari<\/strong> \u2013 ko\u2018plab rasmiy hukumat saytlari turli mavzular bo\u2018yicha o\u2018z ochiq ma\u2019lumot platformalariga ega. Masalan, AQShdagi <a href=\"https:\/\/data.gov\/\">data.gov<\/a> va Buyuk Britaniyadagi <a href=\"https:\/\/data.gov.uk\/\">data.gov.uk<\/a> sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, transport, ob-havo, iqtisodiyot va boshqa ko\u2018plab mavzular bo\u2018yicha statistik ma\u2019lumotlar taqdim etadi.<\/li>\n<li><strong>Xalqaro tashkilotlar<\/strong> \u2013 Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi turli mavzular bo\u2018yicha ochiq ma\u2019lumot platformalariga ega. Ular global rivojlanish, inson huquqlari, atrof-muhit, iqtisodiyot va boshqa sohalar bo\u2018yicha xalqaro ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarini o\u2018z ichiga oladi.<\/li>\n<li><strong>Shaharlar va munitsipalitetlar<\/strong> \u2013 ko\u2018plab mahalliy hokimiyatlar ochiq ma\u2019lumot platformalarini taqdim etadi, bu yerda yo\u2018l harakati, suv resurslaridan foydalanish, shaharni o\u2018zgartirish loyihalari, yashil hududlar va boshqa shu kabi mavzular haqida ma\u2019lumotlar mavjud bo\u2018ladi. Masalan, Istanbul shahri ochiq ma\u2019lumotlar portali (quyidagi video skrinshotiga qarang).<\/li>\n<li><strong>Ta\u2019lim muassasalari<\/strong> \u2013 universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari turli fan sohalari bo\u2018yicha ochiq ma\u2019lumotlar to\u2018plamlariga ega. Ushbu ma\u2019lumotlar ijtimoiy, tibbiyot va boshqa ko\u2018plab mavzulardagi materiallar uchun ishlatilishi mumkin.<\/li>\n<li><strong>OAV (media-tashkilotlar)<\/strong> \u2013 ba\u2019zi tahririyatlar yangiliklar arxivi, siyosiy kampaniyalar ma\u2019lumotlari, saylov natijalari va boshqa ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarini taqdim etadi. Masalan, <a href=\"https:\/\/bianet.org\/proje\/erkek-siddeti-cetelesi-285345\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Bianet<\/strong><\/a> va <a href=\"https:\/\/projects.propublica.org\/datastore\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>ProPublica<\/strong><\/a>.<\/li>\n<li><strong>NNTlar (nodavlat notijorat tashkilotlari)<\/strong> \u2013 turli ijtimoiy muammolarga oid ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarini ulashishlari mumkin: inson huquqlari buzilishi, ekologik muammolar, migratsiya, mehnat huquqlari, tengsizlik va boshqa masalalar.<\/li>\n<li><strong>Tadqiqot institutlari<\/strong> \u2013 ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamg\u2018armalar muayyan mavzularda chuqur tadqiqotlar o\u2018tkazadilar va o\u2018z ish natijalarini ulashishlari mumkin. Bunday ma\u2019lumotlar to\u2018plamlari iqtisodiyot, sog\u2018liqni saqlash, atrof-muhit, jinoiy adliya, ta\u2019lim va boshqa ko\u2018plab sohalarni qamrab oladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Sanab o\u2018tilgan manbalar ma\u2019lumotlar bilan ishlashda foydali bo\u2018lishi mumkin, biroq ularning dolzarbligi, ishonchliligi va aniqligini, shuningdek ularni to\u2018g\u2018ri talqin qilishni har doim tekshirib boring.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/data.ibb.gov.tr\/en\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Istanbul shahri ochiq ma\u2019lumotlar portali<\/strong><\/a>\u00a0rasmiy ma\u2019lumotlar to\u2018plamlarining keng doirasini taklif etadi.<\/p>\n<h3><strong>Sigma Awards mukofoti sovrindori bo\u2018lgan kichik tahririyatlardan nimani o\u2018rganish mumkin?<\/strong><\/h3>\n<p><strong>Sigma Awards<\/strong> \u2014 bu ma\u2019lumotlar jurnalistikasi sohasidagi yuksak yutuqlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. U ma\u2019lumotlarni tahlil qilish, vizualizatsiya va hikoya qilish (storytelling) bo\u2018yicha eng yaxshi amaliyotlar va innovatsiyalarni taqdirlaydi.<\/p>\n<p>Ushbu mukofot ma\u2019lumotlarning yangiliklar tayyorlashdagi muhim rolini ta\u2019kidlaydi va shu yo\u2018nalishda ishlashni rag\u2018batlantiradi. Ilhom olish uchun so\u2018nggi to\u2018rt yil ichida tanlovda qatnashgan <strong>2200 ta loyiha<\/strong> haqidagi ma\u2019lumot saqlanadigan <a href=\"https:\/\/www.sigmaawards.org\/projects-data\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Sigma Awards<\/strong> bazasi<\/a> bilan tanishish mumkin. Unda byudjetlar, xodimlar soni, ishlash usullari, loyihalar davomiyligi, mavzulari, mazmuni va boshqa ko\u2018plab jihatlar ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumotlar jurnalistikasi kundalik yangilik iste\u2019molimizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Kichik tahririyatlar ham bu yo\u2018nalishni e\u2019tiborsiz qoldira olmaydi. Omon qolish va raqobatbardosh bo\u2018lish uchun bunday jamoalar ma\u2019lumotlardan foydalanib materiallar tayyorlashi, jamoatchilikka zamonaviy muammolarni tushunishga yordam berishi, murakkab mavzularni oddiylashtirishi va o\u2018z hikoyalarini boyitishi zarur.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan vositalar va maslahatlar yordamida data-jurnalistikani joriy etish yo\u2018li avvalgidek murakkab emas \u2014 u ancha qulay va oson bo\u2018lib chiqishi mumkin.<\/p>\n<p>Ushbu maqola <strong>Pinar Dag<\/strong>ning \u201c<a href=\"https:\/\/docs.google.com\/presentation\/d\/1jWejkwXCFoGAPSHEU6GcHSMG0bNEWyu3zPHWuN64U9s\/edit#slide=id.g61ecdbc4dd_0_172\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Kichik tahririyatlarda ma\u2019lumotlardan foydalanish<\/strong><\/a>\u201d nomli taqdimotiga asoslangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kichik tahririyatlar uchun hozirgiday davrda ma\u2019lumotlardan foydalanish naqadar muhim ekani haqida chuqurroq o\u2018ylashi zarur. Biroq ular ko\u2018pincha turli to\u2018siqlarga duch kelishadi: moliyaviy taqchillik, resurslarning yetishmasligi va an\u2019anaviy jurnalistikaga\u2026<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9027,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_themeisle_gutenberg_block_has_review":false,"footnotes":""},"categories":[72,45],"tags":[],"class_list":["post-8076","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-axborot-xavfsizligi","category-instrument"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.9 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Kichik tahririyatlar uchun hozirgiday davrda ma\u2019lumotlardan foydalanish naqadar muhim ekani haqida chuqurroq o\u2018ylashi zarur. Biroq ular ko\u2018pincha turli to\u2018siqlarga duch kelishadi: moliyaviy taqchillik, resurslarning yetishmasligi va an\u2019anaviy jurnalistikaga\u2026\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-06-07T08:34:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-11-22T11:03:21+00:00\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076\"},\"author\":{\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\"},\"headline\":\"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar\",\"datePublished\":\"2025-06-07T08:34:34+00:00\",\"dateModified\":\"2026-11-22T11:03:21+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076\"},\"wordCount\":1921,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2026\\\/11\\\/wksu-newsroom.jpg\",\"articleSection\":[\"Axborot xavfsizligi\",\"Instrument\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076\",\"name\":\"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2026\\\/11\\\/wksu-newsroom.jpg\",\"datePublished\":\"2025-06-07T08:34:34+00:00\",\"dateModified\":\"2026-11-22T11:03:21+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#primaryimage\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2026\\\/11\\\/wksu-newsroom.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2026\\\/11\\\/wksu-newsroom.jpg\",\"width\":1280,\"height\":960,\"caption\":\"\u00a9 Averwiebe \\\/ Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0\"},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=8076#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"description\":\"Har bir faktda xolislik\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"Factcheck.uz\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/uzfactcheck\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/FactcheckUz\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\",\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"url\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"ikhtiyorrakhman\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz","og_description":"Kichik tahririyatlar uchun hozirgiday davrda ma\u2019lumotlardan foydalanish naqadar muhim ekani haqida chuqurroq o\u2018ylashi zarur. Biroq ular ko\u2018pincha turli to\u2018siqlarga duch kelishadi: moliyaviy taqchillik, resurslarning yetishmasligi va an\u2019anaviy jurnalistikaga\u2026","og_url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076","og_site_name":"Factcheck.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","article_published_time":"2025-06-07T08:34:34+00:00","article_modified_time":"2026-11-22T11:03:21+00:00","author":"ikhtiyorrakhman","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@FactcheckUz","twitter_site":"@FactcheckUz","twitter_misc":{"Written by":"ikhtiyorrakhman","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076"},"author":{"name":"ikhtiyorrakhman","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a"},"headline":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar","datePublished":"2025-06-07T08:34:34+00:00","dateModified":"2026-11-22T11:03:21+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076"},"wordCount":1921,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/wksu-newsroom.jpg","articleSection":["Axborot xavfsizligi","Instrument"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076","url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076","name":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar - Factcheck.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/wksu-newsroom.jpg","datePublished":"2025-06-07T08:34:34+00:00","dateModified":"2026-11-22T11:03:21+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#primaryimage","url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/wksu-newsroom.jpg","contentUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/wksu-newsroom.jpg","width":1280,"height":960,"caption":"\u00a9 Averwiebe \/ Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0"},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=8076#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/factcheck.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ma\u2019lumotlar bilan ishlash: Kichik tahririyatlar uchun amaliy tavsiyalar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","name":"Factcheck.uz","description":"Har bir faktda xolislik","publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/factcheck.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization","name":"Factcheck.uz","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","contentUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","width":512,"height":512,"caption":"Factcheck.uz"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","https:\/\/x.com\/FactcheckUz"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a","name":"ikhtiyorrakhman","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","caption":"ikhtiyorrakhman"},"sameAs":["https:\/\/factcheck.uz"],"url":"https:\/\/factcheck.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8076","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=8076"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8076\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8079,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8076\/revisions\/8079"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9027"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=8076"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=8076"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=8076"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}