{"id":5590,"date":"2023-06-13T12:27:21","date_gmt":"2023-06-13T07:27:21","guid":{"rendered":"https:\/\/factchecking.uz\/?p=5590"},"modified":"2024-05-13T01:34:51","modified_gmt":"2024-05-12T20:34:51","slug":"amir-temurning-axborot-siyosati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590","title":{"rendered":"Amir Temurning axborot siyosati"},"content":{"rendered":"<p style=\"font-weight: 400;\">Arab tarixchisi Shihobuddin ibn Arabshoh (1388-1450)ning yozishicha, Amir Temur (1336-1405) piri Abu Bakr Toyibodiyning \u201crasti-rusti\u201d, ya\u02bcni \u201chaqgo\u02bby bo\u02bblsang, najot topasan\u201d hikmatini tamg\u02bbasiga muhr sifatida o\u02bbrnashtirgan edi. Ibn Arabshoh Amir Temur shaxsiga baho berar ekan, istehzo va soxtalikni yoqtirmasligi, masalaning mohiyatini darhol payqashi, farosati bilan haqgo\u02bby \u2014 yolg\u02bbonchini darrov farqlab olishini ta\u02bckidlaydi.\u00a0Bu uning davlatda axborot siyosatini yuritishida ham aks etar edi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Ijtimoiy adolat va haqiqat qadriyati Amir Temurning davlat boshqaruvida muhim o\u02bbrin tutadi. To\u02bbg\u02bbri so\u02bbz, haqqoniy xabarning foydasi ko\u02bbpligi, yolg\u02bbon davlatni yemirishini inobatga olgan Amir Temur o\u02bbz tuzuklarida xabar beruvchilar kimligi, da\u02bcvolarining rost-yolg\u02bbonligini mahaktoshiga urib tekshirishni buyuradi. Mahaktosh oltinga surtib asl yoki soxtaligini aniqlab beradigan qora tusli tosh bo\u02bblib, bu o\u02bbrinda ko\u02bbchma ma\u02bcnoda ishlatilgan. Bu faktchekingning qadimiy ko\u02bbrinishi. \u201cChunki ko\u02bbp hollarda hasadchilar va g\u02bbiybatchilar yo ko\u02bbrolmay yoki tamagirlik bilan yolg\u02bbon to\u02bbqib, chinday qilib yasab chiqaradilar va palid maqsadlariga yetishadilar. Davlat ichida talay olchoq, yomon odamlar bordurki, davlat dushmanlarini yaxshilab, uning jonfidolarini turli makr-hiylalar bilan xarob qiladilar\u201d.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Amir Husayn Amir Temurning vazirlaridan birini aldab, davlatning tayanchi, ikki qo\u02bbli bo\u02bblgan amir Iki Temur va amir Jokuni unga qarshi qo\u02bbymoqchi bo\u02bblib, gap chiqarganida ham Amir Temur axboriy xuruj va dezinformatsiyani yaxshi anglagan. \u201cMen uning xiyonatini farosatim-la sezib qoldim, shuning uchun ular xususida aytilgan hamma gaplarni eshitmaganga oldim\u201d. Amir Temur odamlar oldida ulug\u02bb va e\u02bctiborli amirlardan bo\u02bblgan amir Abbosga hasad va dushmanlik qilib, uning haqida bo\u02bblmag\u02bbur gaplar yetkazganida, yolg\u02bbon so\u02bbzlarga ishonib, g\u02bbazab ustida gaplarini tekshirib ko\u02bbrmasdan amir Abbosni o\u02bblimga buyurganidan qattiq pushaymon bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Amir Temur o\u02bbz mamlakatida axboriy tizim yaratadi. Faqat bu shakl ommaviy axborot almashinuvi emas, Amir Temurning o\u02bbziga axborot yetkazib berishga qaratilgan edi. Shunday bo\u02bblsa-da, rostlik-to\u02bbg\u02bbrilik, yolg\u02bbonga nisbatan murosasizlik prinsiplariga ko\u02bbra ahamiyatlidir. Amir Temur har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchi (xabarnavis)lar tayin qiladi, ular hokimlar, raiyat, sipoh o\u02bbzining va yot-begona lashkarning xatti-harakati haqida Amir Temurni xabardor qilishi zarur bo\u02bblgan.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u201cTemur tuzuklari\u201dda shunday deyiladi: \u201cAtrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqqan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar, qo\u02bbshni podshohlar, ularning gaplari, ishlari va uzoq o\u02bblkalardan bo\u02bblib, mening dargohimga yuzlangan ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni rostlik-to\u02bbg\u02bbrilik bilan menga yozib tursinlar. Agar bunga xilof ish tutguday bo\u02bblsalar, bo\u02bblib o\u02bbtgan voqealarni yozmasalar, yozuvchining xabar yozgan barmoqlari kesilsin. Agar xabar yozuvchi sipoh ishlarini yashirib, xabariga boshqa libos kiygizib (ya\u02bcni yolg\u02bbonni) yozgan bo\u02bblsa, unda ham qo\u02bblini kessinlar. Agar yolg\u02bbon xabarni tuhmat yoki biron g\u02bbaraz bilan yozgan bo\u02bblsa, uni qatl etsinlar. Va yana amr etdimki, ushbu xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening arzimga yetkazib tursinlar\u201d.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bu mamlakat ichidagi axborot siyosati, xalqaro miqyosda axborot olishga qaratilgan harakatlar qamrovi ancha keng bo\u02bblganidan dalolat beradi. \u201cAmr qildimki, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar tezyurar piyodani (chopar) yetib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini, qo\u02bbshni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar qilsinlar, toki biron voqea, kori hol yuz bermasidan burun chora va ilojini qilaylik\u201d. Bu qamrov va yo\u02bbnalishiga ko\u02bbra bugungi kundagi axborot agentliklari faoliyati o\u02bbxshaydi, farqi omma uchun emas, davlat va hukmdor uchun ishlaydi, axborotni asosan og\u02bbzaki shaklda ifodalaydi. XIV asrda axborot almashish asosan choparlar orqali amalga oshirilgan.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Amir Temur xalq holidan xabardorlikka, boshqa mamlakatlardagi voqeliklardan boxabarlikka katta e\u02bctibor beradi. Bu bugungi zamonda ham dolzarb ahamiyatga ega. Nemis olimlari ushbu qonuniyatga tayanib muhim kashfiyot yaratishdi. \u201cMuhim ma\u02bclumotga ega bo\u02bblish \u2014 hokimiyatga ega bo\u02bblish; keraklisini keraksizidan ajratish \u2014 yanada ko\u02bbproq hokimiyatga ega bo\u02bblish; kerakli ma\u02bclumotni o\u02bbz rejissurasiga asoslanib tarqatish yoki ushlab turish \u2014 ikki karra hokimiyatga ega bo\u02bblish demakdir. Odamlarga axborot orqali psixologik ta\u02bcsir ko\u02bbrsatishning imkoniyatlari ana shunday\u201d, deyiladi Germaniyaning asosiy politologiya darsliklaridan birida.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Urushlar axborot-psixologik kurashlar bilan birga kechadi. Amir Temurning Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389\u20131402) bilan kechgan jangining kelib chiqishida axboriy kurash turli yozishmalar tarzida namoyon bo\u02bbladi. Avvalboshdanoq bu yetti yillik yurishning (1389\u20131402) sababi ham fitna, ivg\u02bbo bo\u02bblgan.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">So\u02bbz kuchini anglagan, barcha voqelikdan voqif va ogoh bo\u02bblishga e\u02bctibor qaratgan, har masalada ko\u02bbpdan kengash so\u02bbragan, yaxshi yo yomon so\u02bbzni eshitganda haqiqat ayon bo\u02bblmaguncha shoshmasdan mulohaza bilan ish tutgan Amir Temur to\u02bbg\u02bbriso\u02bbz kishilarni qadrlaydi, to\u02bbg\u02bbri qalamli kishilardan axbornavislar, voqeanavislar belgilaydi, xabarchilarga ham o\u02bbz holiga qarab suyurg\u02bbol, vazifa va maosh belgilagan.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Mirzo Ulug\u02bbbek (1394\u20141449)ning \u201cTo\u02bbrt ulus tarixi\u201d asari ham\u00a0\u00a0haqiqatni manbalarni bir-biriga muqoyasa qilib sinchiklab o\u02bbrganish va ular keltirgan ma\u02bclumotlarni diqqat bilan tekshirish, yolg\u02bbonni dalil orqali aniqlash, surishtiruv, kuzatuv orqali aniqlash, shubha, ikkilanishdan voz kechish kabi masalalar aks etgani nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Alisher Navoiy (1441-1501)ning shoh asari \u201cXamsa\u201dning birinchi dostoni \u201cHayrat ul-abrorning\u201d o\u02bbninchi maqolati rostlik ta\u02bcrifida keladi. To\u02bbg\u02bbrilik haqiqatdan va egrilik yolg\u02bbondan iboratligi, kimning qarashi to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblsa, u haqligi, Sulaymonning uzugida \u201cRosti rusti\u201d yozuvi bo\u02bblgani,\u00a0\u00a0to\u02bbg\u02bbrilikni kasb qilish zarurligi kabilar aks etgan. Masalan,<\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Boshtin-ayoq kimsaki, tuzdur so\u02bbzi,<\/em><\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Yoki bo\u02bbyolg\u02bbonu yovuzdur so\u02bbzi<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\">ya\u02bcni bir kishining so\u02bbzlari boshidan oxirigacha to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblishi mumkin. Aksincha, bo\u02bbyalgan, yovuz bo\u02bblishi ham.<\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Ulki shior ayladi yolg\u02bbon demak,<\/em><\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Bo\u02bblmas ani eru musulmon demak.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Kimki yolg\u02bbon gapirishni odat qilgan bo\u02bblsa, uni eru musulmon deb bo\u02bblmaydi. Yolg\u02bbonchilar ummatim deyilmasligi kabi ta\u02bcsirchan misollardan foydalaniladi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Yolg\u02bbonchi o\u02bbz gapini o\u02bbtkazish uchun qancha urinmasin, gapini bir-ikki marta o\u02bbtkaza olishi, bu xususiyat elga qancha maxfiy bo\u02bblmasin, yolg\u02bbon baribir o\u02bbzini oxirida ma\u02bclum qilishi, kimki o\u02bbzini yolg\u02bbonchi sifatida tanitgan bo\u02bblsa, rost gapirsa ham xalq uning hamma gapini yolg\u02bbon hisoblashi, kimki yolg\u02bbonchi deb nom chiqargan bo\u02bblsa, o\u02bbzinikilar ham, begonalar ham uni shu ot bilan chaqirar ekan, to\u02bbg\u02bbrilik nomi unga hech qaytib kelmasligi kabi mavzular tilga olinadi. Xulosa beriladi:<\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Necha zarurat aro qolg\u02bbon chog\u02bbi,<\/em><\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Chin demas ersang, dema yolg\u02bbon dog\u02bbi.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u201cSher va durroj\u201d hikoyasi qirg\u02bbovulning chin gapirish o\u02bbrniga yolg\u02bbon gapirib, bir falokat tuzog\u02bbiga ilingani, chin so\u02bbzni sher yolg\u02bbon deb o\u02bbylab, ovozini eshitib, yetib kelmagani va uni balo tuzog\u02bbidan xalos etmagani xususida.<\/p>\n<blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>So\u02bbzda, Navoiy, ne desang, chin degil,<\/em><\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Rost navo, nag\u02bbmag\u02bba tahsin degil.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bu kabi misollar o\u02bbzbek auditoriyasidagi tahsil oluvchilarga rostlik, haqiqatni qadriyat sifatida singdirishda yordam beradi, milliy mentalitetimizga ko\u02bbra pand-nasihat o\u02bbz samarasini beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arab tarixchisi Shihobuddin ibn Arabshoh (1388-1450)ning yozishicha, Amir Temur (1336-1405) piri Abu Bakr Toyibodiyning \u201crasti-rusti\u201d, ya\u02bcni \u201chaqgo\u02bby bo\u02bblsang, najot topasan\u201d hikmatini tamg\u02bbasiga muhr sifatida o\u02bbrnashtirgan edi. Ibn Arabshoh\u2026<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_themeisle_gutenberg_block_has_review":false,"footnotes":""},"categories":[72],"tags":[],"class_list":["post-5590","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-axborot-xavfsizligi"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.9 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Arab tarixchisi Shihobuddin ibn Arabshoh (1388-1450)ning yozishicha, Amir Temur (1336-1405) piri Abu Bakr Toyibodiyning \u201crasti-rusti\u201d, ya\u02bcni \u201chaqgo\u02bby bo\u02bblsang, najot topasan\u201d hikmatini tamg\u02bbasiga muhr sifatida o\u02bbrnashtirgan edi. Ibn Arabshoh\u2026\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-06-13T07:27:21+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-12T20:34:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/photo_2021-05-20_11-40-55.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590\"},\"author\":{\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\"},\"headline\":\"Amir Temurning axborot siyosati\",\"datePublished\":\"2023-06-13T07:27:21+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-12T20:34:51+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590\"},\"wordCount\":1104,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"articleSection\":[\"Axborot xavfsizligi\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590\",\"name\":\"Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-06-13T07:27:21+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-12T20:34:51+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5590#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Amir Temurning axborot siyosati\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"description\":\"Har bir faktda xolislik\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"Factcheck.uz\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/uzfactcheck\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/FactcheckUz\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\",\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"url\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"ikhtiyorrakhman\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz","og_description":"Arab tarixchisi Shihobuddin ibn Arabshoh (1388-1450)ning yozishicha, Amir Temur (1336-1405) piri Abu Bakr Toyibodiyning \u201crasti-rusti\u201d, ya\u02bcni \u201chaqgo\u02bby bo\u02bblsang, najot topasan\u201d hikmatini tamg\u02bbasiga muhr sifatida o\u02bbrnashtirgan edi. Ibn Arabshoh\u2026","og_url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590","og_site_name":"Factcheck.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","article_published_time":"2023-06-13T07:27:21+00:00","article_modified_time":"2024-05-12T20:34:51+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/photo_2021-05-20_11-40-55.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"ikhtiyorrakhman","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@FactcheckUz","twitter_site":"@FactcheckUz","twitter_misc":{"Written by":"ikhtiyorrakhman","Est. reading time":"6 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590"},"author":{"name":"ikhtiyorrakhman","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a"},"headline":"Amir Temurning axborot siyosati","datePublished":"2023-06-13T07:27:21+00:00","dateModified":"2024-05-12T20:34:51+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590"},"wordCount":1104,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"articleSection":["Axborot xavfsizligi"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590","url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590","name":"Amir Temurning axborot siyosati - Factcheck.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website"},"datePublished":"2023-06-13T07:27:21+00:00","dateModified":"2024-05-12T20:34:51+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5590#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/factcheck.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Amir Temurning axborot siyosati"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","name":"Factcheck.uz","description":"Har bir faktda xolislik","publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/factcheck.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization","name":"Factcheck.uz","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","contentUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","width":512,"height":512,"caption":"Factcheck.uz"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","https:\/\/x.com\/FactcheckUz"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a","name":"ikhtiyorrakhman","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","caption":"ikhtiyorrakhman"},"sameAs":["https:\/\/factcheck.uz"],"url":"https:\/\/factcheck.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5590","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5590"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5590\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7388,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5590\/revisions\/7388"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5590"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5590"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5590"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}