{"id":5495,"date":"2023-07-30T14:52:27","date_gmt":"2023-07-30T09:52:27","guid":{"rendered":"https:\/\/factchecking.uz\/?p=5495"},"modified":"2024-05-13T11:17:20","modified_gmt":"2024-05-13T06:17:20","slug":"mediaogohlik-raqamli-olamdagi-xatarlardan-himoyalaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495","title":{"rendered":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi"},"content":{"rendered":"<p>2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda o\u2018z vaqtida xolis axborot berib borish orqali yolg\u2018on ma\u02bclumotlar tarqalishining oldini olish, fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yana-da mustahkamlash nazarda tutilgan. Shuningdek, fuqarolarning axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo\u2018lgan ma\u02bclumotlarni internet tarmog\u2018ida oshkor qilish bilan bog\u2018liq daxlsizlik huquqi buzilishining, kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish bilan bog\u2018liq muhim vazifalar belgilangan. Bu topshiriqlarning shunday muhim hujjatda aks etgani sababi nimada? Xo\u2018sh, bu vazifalar nega dolzarb? Ularning ijrosini qanday ta\u02bcminlash mumkin?<\/p>\n<h3 style=\"text-align: center;\">Dunyoni yutayotgan axborot \u201cyuho\u201dsi<\/h3>\n<p>Zamonaviy dunyoda axborot oqimi, shiddati misli ko\u2018rilmagan darajada oshib ketdi. Globallashuv, axborotlashuv, raqamlashuvning insoniyatga ko\u2018rsatayotgan ta\u02bcsiri chegaralarni pisand qilmay qo\u2018ygani ham rost. Vaziyat shu darajaga yetdiki, axborot maydonida siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy manfaatlar to\u2018qnashuvi insonlar ongu shuuri uchun kurash jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi. Natijada axborot uzatuvchi tarmoqlar soni ortdi, internet hajmi oshdi. Bunda yil sayin internet foydalanuvchilari soni va media iste\u02bcmoli o\u2018sayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi, 2022-yili dunyo aholisi jami 12,5 trillion soat vaqtini global tarmoqda o\u2018tkazgan. Joriy yilgi hisob-kitoblarga ko\u2018ra, 5,16 milliard kishi internetdan foydalanmoqda. Shunga monand axborot supermagistralidagi harakat shiddati ham oshmoqda. Global tarmoqda 1,7 milliard veb-sayt mavjud bo\u2018lib, har soatda 7 million veb sahifa paydo bo\u2018ladi, telefon qo\u2018ng\u2018irog\u2018i va shaxsiy yozishmalarni esa hisoblash imkonsiz. Odamlar diqqat-e\u02bctiborini jalb etish uchun kurash targ\u2018ibot, tashviqot, manipulyatsiya kabi ta\u02bcsir o\u2018tkazish usullaridan keng foydalanish, shov-shuvli yangiliklarni ko\u2018paytirish, reklama uchun sarflanadigan mablag\u2018 hajmini oshirish kabi ko\u2018rinishlarda yuz bermoqda.<\/p>\n<p>Hisob-kitoblar, statistik ma\u02bclumotlar o\u2018z yo\u2018liga, biroq bu axboriy shovqinning odamlarga ta\u02bcsiri nihoyatda og\u2018riqli. Bir foydalanuvchi kuniga o\u2018rtacha 6 soat vaqtini internetda o\u2018tkazar ekan, bu sog\u2018liqni saqlash, iqtisodiyot, ta\u02bclim, psixologiya va hatto siyosat kabi sohalar oldiga qator muammolarni qo\u2018yadi. Masalan, mediaqaramlikning insonning jismoniy holati, salomatligiga salbiy ta\u02bcsiri \u2014 ko\u2018rish qobiliyati susayishi, umurtqa pog\u2018onasi qiyshayishi, rivojlanishdan ortda qolish, diqqat yetishmasligi, iroda buzilishi, stress, depressiya, xotira susayishi kabilar, shuningdek, axborot ta\u02bcsirida o\u2018z tanasiga zarar yetkazish kabi ko\u2018rinishlarda namoyon bo\u2018ladi. Zamonaviy sog\u2018liqni saqlash va ta\u02bclim tizimi oldida bu kabi muammolarga qarshi kurashish vazifasi turibdi.<\/p>\n<p>Ilmiy tadqiqotlarda fuqarolar bo\u2018sh vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o\u2018tkazishi mamlakat iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazishi o\u2018rganilgan. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu zarar miqdori zilzila, toshqin kabi tabiiy ofatlardagi yo\u2018qotishlar bilan taqqoslash mumkin bo\u2018lgan katta talafotga teng. Masalan, bir fuqaroning kunlik ish vaqti 8 soat bo\u2018lsa, u shu vaqtining 6 soatini internetda o\u2018tkazsa, o\u2018z-o\u2018zidan foydali ish koeffitsiyenti pasayadi, o\u2018z navbatida, korxonalarning rentabelligi ham tushadi. Kunlik ish haqini sakkizga bo\u2018lib, oltiga ko\u2018paytirsak, behuda sarflanayotgan mablag\u2018 summasi kelib chiqadi. Ya\u02bcni xodim shuncha vaqt mobaynida foydali va samarali ish qilmaydi, global tarmoq uning vaqtini shamolga sovurishiga sabab bo\u2018ladi. Xodim ishdan tashqari paytda ijtimoiy tarmoqda vaqt o\u2018tkazgan taqdirda ham bu uning oilasiga vaqt ajratmasligi, oqibatda ijtimoiy munosabatlar buzilishi, dam olish, o\u2018z ustida ishlash yoki yangi bilimlarni o\u2018zlashtirishga vaqt topolmasligiga olib boradi. Yangiliklar tasmasida sizni o\u2018ziga chorlayotgan, tezroq o\u2018qish, ulashishni so\u2018rayotgan, ko\u2018z ko\u2018rib, quloq eshitmagan yangilikni baham ko\u2018rishga undayotgan jozibador sarlavhalar, bir-biridan qiziq, bir-biriga o\u2018rin bermayotgan videolavhalar sezdirmagan holda katta iqtisodiy yo\u2018qotishga sabab bo\u2018ladi. Shuningdek, iqtisodiy ta\u02bcsir axborot iste\u02bcmolchilarining xarid jarayonidagi tanlovi reklama, brend mahsulotlar orqali boshqarilishida ham ko\u2018rinadi. Natijada odamlar reklama qilingan mahsulotni iste\u02bcmol qilish, brenddagi kiyimni kiyish, filmlarda o\u2018zi ko\u2018rgan mamlakatlariga borishga intiladi.<\/p>\n<p>Ta\u02bclim tizimi axborotni eng ko\u2018p qabul qiluvchi segment \u2014 bolalar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi, kompyuter o\u2018yinlariga mukkasidan ketishi, FOMO sapiens, ya\u02bcni global tarmoqda onlayn bo\u2018lmasa, bir narsadan quruq qoladiganday xavotirda yashovchi avlod, fabbing, ya\u02bcni telefonga bog\u2018lanib qolish sababli real hayotdagi muloqotdan qochish, begonalashuv, nomofobiya \u2014 telefonsiz qolishdan qo\u2018rquv kabi muammolarga qarshi kurashishi kerak. Salbiy mazmundagi, qo\u2018rquv, xavotir, ertangi kunga ishonchsizlik keltirib chiqaruvchi axborotlarning ruhiy ta\u02bcsiri alohida mavzu. Umuman olganda, axborotning ko\u2018pligi insonning mustaqil fikrlashi, o\u2018zini anglashiga ham salbiy ta\u02bcsir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<h3 style=\"text-align: center;\">Axboriy ifloslanish va kiberxavflar<\/h3>\n<p>Bugun tabiat \u2014 havo, suv, tuproq ifloslanayotgani kabi axboriy ekologiya musaffoligiga ham putur yetmoqda. Axboriy muhitning ifloslanishi, unda turli nomaqbul axborot shakllarining paydo bo\u2018lishi, yolg\u2018on ma\u02bclumotlarning keng tarqalishi ijtimoiy tarmoqlarda adovat va nafrat qo\u2018zg\u2018ovchi muloqot tili qo\u2018llanishi holatini O\u2018zbekiston misolida tahlil etamiz. 2021-yilning dekabr holatiga ko\u2018ra, milliy domen makonidagi qariyb 400 ga yaqin veb-saytda behayolik va ma\u02bcnaviy buzuqlik targ\u2018ibotiga xizmat qilishi mumkin bo\u2018lgan holatlar aniqlangan. 2097 ta qonunbuzarlik qayd etilgan. Buzg\u2018unchilik, zo\u2018ravonlik, ekstremizm va terrorizmni targ\u2018ib qiluvchi veb-saytlar ham ko\u2018p. Mutaxassislar ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, internet orqali tarqatiladigan axborotning 49 foizi sezilarli darajada zo\u2018ravonlik va yovuzlikning, 57 foizi axloqsizlikning bevosita va bilvosita targ\u2018ibotiga xizmat qiladi. 25 foiz axborot esa yolg\u2018on, to\u2018qima, 31 foiz ma\u02bclumot haqiqatga to\u2018la mos emas. Bu holat yoshlar ongu shuuriga kuchli ta\u02bcsir yetuvchi buzg\u2018unchi g\u2018oyalar, milliy mentalitetga zid, zararli odat va ko\u2018nikmalar, tekshirilmagan axborotga ham birdek taalluqlidir.<\/p>\n<p>Real dunyomizdagi barcha jarayon \u2014 ta\u02bclim, xizmat ko\u2018rsatish, ishlab chiqarish, muloqot, hamyon bilan birga, turli tahdid, xavf-xatar va jinoyatlar ham raqamli olamga ko\u2018chdi. Kiberhujum, kiberjinoyat, kiberta\u02bcqib, kriptovalyutalar bo\u2018yicha yashirin faoliyat, troll (soxta akkaunt), spam, botlar faoliyati kengayishi kiberxavfsizlik masaasini ham kun tartibiga olib chiqdi. Barcha tizim va jarayonlar raqamlashar ekan, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini ta\u02bcminlash muhimdir.<\/p>\n<p>\u201cKiberxavfsizlik markazi\u201d DUKning yillik hisobotida keltirilishicha, 2022-yil holatiga ko\u2018ra, uz segmentida 110 mingdan ortiq veb-sayt domeni ulangan bo\u2018lib, shulardan 38 mingdan ortig\u2018i faol. Ularning 14 mingdan ortig\u2018i xavfsiz, ya\u02bcni SSL sertifikati bilan himoyalangan. Milliy kibermakonda o\u2018tgan yili zararli tarmoq faoliyati bilan bog\u2018lik 65 millionta (!) holat aniqlangan. Portlardagi zaifliklarni aniqlash maqsadida skanerlash, mos parolni tanlov asosida kiritish, veb resursdagi zaif, ochiq qoldirilgan va noto\u2018g\u2018ri konfiguratsiyali ochiq xizmatlardan foydalanish shular jumlasidan. Bundan tashqari, markaz tomonidan Yagona kiberxavfsizlik uzeli doirasida davlat organlari va tashkilotlari veb resurslarini himoya qilish tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan. U orqali 50 dan ortiq xorijiy mamlakat hududidan amalga oshirilgan to\u2018rt yarim milliondan ziyod kibertahdid aniqlangan va bartaraf etilgan. Internet tarmog\u2018ining milliy segmentida joylashgan davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida 855 ta shunday hodisa aniqlangan. Buning natijasida davlat idoralarining veb-saytlari umumiy hisobda 1 million 570 ming 659 daqiqa davomida ishlamay qolgan. Bularning barchasi kibertahdidlar kuchayib borayotganidan dalolat bermoqda.<\/p>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Yechim \u2014 mediata\u02bclimda<\/strong><\/h4>\n<p>Mavjud vaziyat aholining media mahsuloti iste\u02bcmolini chuqur tadqiq etish, omma ongida axboriy dunyoqarashni tartibga solish, informatsiya bilan ishlashning yangi usullarini ishlab chiqish, axborot madaniyatini shakllantirishni talab etmoqda. Xavf va tahdidlarga to\u2018la axborot changalzorida harakatlanish, ogoh bo\u2018lish uchun maxsus bilim va ko\u2018nikmalar majmui kerak. Yo\u2018lda ko\u2018ngilsizlikka uchramaslik uchun yo\u2018l harakati qoidalarini bilish qanchalik kerak bo\u2018lsa, axborot olamida ma\u02bclumotlarni saralab qabul qilish, axborot bilan munosabatni iroda kuchiga tayanib tartibga solish, o\u2018zini o\u2018zi nazorat qilish, shaxsiy ma\u02bclumotlari xavfsizligini ta\u02bcminlash uchun maxsus bilim va ko\u2018nikmalar shunchalik zarur. E\u02bctiborlisi, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida shu yo\u2018nalishdagi izlanish va harakatlar o\u2018tgan asrda boshlangan.<\/p>\n<p>Bugun ko\u2018plab davlatlarda bolalar, o\u2018smirlar, yoshlarning mediaolamga moslashuvini ta\u02bcminlovchi, umuman, uzluksiz ta\u02bclim shaklida barcha yoshdagilarining axborot bilan munosabatini tartibga soluvchi mediata\u02bclim umumiy ta\u02bclimning majburiy, doimiy komponentiga aylangan. Bu borada Finlyandiya, Fransiya, Kanada kabi mamlakatlarning tajribasini alohida tahlil qilish mumkin.<\/p>\n<p>Masalan, Finlyandiyada mediata\u02bclim bog\u2018cha yoshidanoq o\u2018rgatiladi. Mediakompetensiya umumiy o\u2018rta va kasbiy ta\u02bclim muassasalari o\u2018quv dasturi hamda strategiyalaridan ham asosiy o\u2018rin olgan. Bu mamlakatda mediata\u02bclim bir nechta tashkilot, mediamarkaz va xususiy sektordagi yoshlar markazlari, kutubxonalar faoliyatining bir qismidir. Ayniqsa, kutubxonalar mediata\u02bclimni rivojlantirishda muhim va ularning maktablar bilan hamkorligi katta ahamiyatga ega. Muzeylar va bolalar madaniy markazlari tarmog\u2018i ham faoliyatining bir qismi sifatida ommaviy axborot vositalari va madaniy ta\u02bclimni birlashtirgan. Finlyandiyada media va axboriy savodxonlikni targ\u2018ib qiluvchi qariyb 100 ta tashkilot mavjud. Ularda bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish alohida yo\u2018nalish sifatida o\u2018rganiladi.<\/p>\n<p>Demak, mediata\u02bclim axborot odobi, madaniyati, ma\u02bcnaviyatini shakllantiruvchi, media mahsulotlarini tafakkur chig\u2018irig\u2018idan o\u2018tkazib, saralab qabul qilish, baho berishda ijtimoiy immunitet, zirh vazifasini o\u2018tovchi, zarur amaliy ko\u2018nikmalarni yuzaga chiqaruvchi, raqamli olamda xavfsizlik qoidalarini o\u2018rgatuvchi, nomaqbul axborotlarning ta\u02bcsirini kamaytiruvchi ta\u02bclimdir. U media bilan tartibli, rejalashtirilgan holda bog\u2018lanishni o\u2018rgatadi, mediaqaramlikning oldini oladi. Auditoriyaning tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi, zararli axborotlardan himoyalaydi. Estetik-badiiy didni shakllantiradi, mediamahsulotlar yaratishga o\u2018rgatadi. Shu bois, mediata\u02bclimga \u201czamonaviy axboriy jamiyatni tushunish kaliti\u201d, deb ta\u02bcrif beriladi.<\/p>\n<p>Umuman olganda, zararli axborotdan himoyalanish, ma\u02bclumotning yolg\u2018on yoki biryoqlama bo\u2018lishi mumkinligini tushuntiruvchi, ularni tekshirishga xizmat qiluvchi mediata\u02bclimni to\u2018laqonli yangi fan, xorij tajribasi deyish fikridan yiroqmiz. Qadim Sharq juda ko\u2018plab ilmlarga beshik bo\u2018lgan, allomalar ko\u2018plab fanlarga asos solgan. Shulardan biri madrasalarda o\u2018qitilgan kalom ilmi bo\u2018lib, dalillash, asoslash, chuqur idrok etish, e\u02bctiqod sofligini saqlash, haq va botilni ajratish, noto\u2018g\u2018ri tushunchalarni rad qilish, bid\u02bcat va xurofotdan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, hadis ilmida qo\u2018llangan uslublar ham axborotni tekshirishning qadimiy ko\u2018rinishlaridir.<\/p>\n<p>Sharq allomalarining asarlarida ham axborotni tahlil etib qabul qilish masalasi yetarlicha aks etgan. Masalan, buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy \u201cHindiston\u201d asarida \u201cXabar ko\u2018z bilan ko\u2018rgandek bo\u2018lmaydi, degan kishining so\u2018zi juda to\u2018g\u2018ridir&#8230; So\u2018ngra odatda bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan narsa haqida berilgan xabar bir xilda [farqsiz] rost va yolg\u2018on bo\u2018laveradi; xabar xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg\u2018onlik tusini oladi. Chunki odamlarning maqsadlari xilma-xil, xalqlar o\u2018rtasida tortishish va talashish ko\u2018p\u201d, deb manfaatlar to\u2018qnashuvi, axborot tarqatishning inson omili bilan bog\u2018liqligi, talqin turli-tumanligi, yolg\u2018on axborot paydo bo\u2018lishini ko\u2018rsatib bergan.<\/p>\n<p>Mediata\u02bclim qaysidir xususiyatlariga ko\u2018ra, ehtimol milliy ta\u02bclim tizimida mavjud bo\u2018lgan \u201cMa\u02bcnaviyat asoslari\u201d fani yoki \u201cyuksak ma\u02bcnaviyat\u201d tushunchasiga o\u2018xshab ketishi mumkin. Biroq aqlli texnologiyalar, sun\u02bciy intellekt rivojlangan bugungi davrda uning mafkuraviygina emas, axborot texnologik, huquqiy xususiyatlari oshib borayotganini ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Mediaogoh inson shaxsiy ma\u02bclumotlar, elektron hamyon xavfsizligini ta\u02bcminlaydi, hisob va karta raqami ma\u02bclumotlarini begonalarga bermaydi. Internetdan foydalanish etiketiga amal qiladi, ishonchli parollardan foydalanadi. Noma\u02bclum odamlardan kelgan xabarlarni ochmaydi, havolalarga kirmaydi. Jamoat joylarida himoyalanmagan Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanmaydi. Mediata\u02bclim insonning sifatli axborot olish huquqini ro\u2018yobga chiqarib, shaxsda hamjihatlik va tinchlik, tolerantlik, boshqalarga hurmat, fikr va axborot erkinligi qadriyatini shakllantiradi. Mediasavodxonlik, ayniqsa, madaniyatlar va dinlararo muloqotda juda muhim. AQSHlik taniqli siyosatshunos Samyuel Xantington shunday yozgan edi: \u201cFikrimcha, yangi shakllanayotgan dunyoda ixtiloflar manbai mafkura ham, iqtisodiyot ham bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Insoniyatni ajratib turgan qaltis chegara va asosiy ixtilof manbai madaniyat bo\u2018lib qoladi. Milliy davlatlar xalqaro munosabatlarda bosh ishtirokchi maqomida qolsa-da, global siyosatning eng yirik ixtiloflari turli millat va tamaddunga mansub guruhlar o\u2018rtasida yuz beradi\u201d. Bu jarayonda mediasavodxon inson dunyoda madaniyatlar turli-tumanligi haqida tasavvur, madaniy tafovutlarga nisbatan tolerant munosabatda bo\u2018ladi. O\u2018z qadriyatlarini rad etgan holda, boshqa madaniyatlarning ustidan hukm chiqarishga yo\u2018l qo\u2018ymaydi. Mediasavodxonlik dinlararo bag\u2018rikenglik, madaniyatlararo hamjihatlik, tenglik, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchanlik, tinchlik va barqaror rivojlanishni ta\u02bcminlashga hissa qo\u2018shadi. Bu ko\u2018p millatli mamlakatimizda tinchlik, hamjihatlikni ta\u02bcminlashda nihoyatda muhim.<\/p>\n<p>Mediata\u02bclimni joriy etish O\u2018zbekistonning axboriy va kiberxavfsizligini mustahkamlaydi, milliy manfaatlar yo\u2018lida auditoriyani dezinformatsiyadan himoyalash va jamiyatda sog\u2018lom axborot muhitini shakllantirish uchun global tarmoq yoki OAVdan foydalanishda texnik cheklovlarni qo\u2018yishga zarurat qoldirmaydi, mediaga qaram insonlar sonini kamaytiradi. Sog\u2018lom axboriy muhit iqtisodiyotning barcha tarmoqlari \u2013 ishlab chiqarishdan sog\u2018liqni saqlash tizimigacha \u2014 rivojiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cBolalarni ularning sog\u2018lig\u2018iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cKiberxavfsizlik to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari va boshqa bir qator hujjatlar mohiyati aholining mediasavodxonligini qo\u2018llab-quvvatlaydi. Mavjud axboriy vaziyat mamlakatimizdagi qonunchilik asosida mediata\u02bclimni joriy etish zaruratini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda o\u2018z vaqtida xolis axborot berib borish orqali yolg\u2018on ma\u02bclumotlar tarqalishining oldini olish, fuqarolarning axborot olish va tarqatish\u2026<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_themeisle_gutenberg_block_has_review":false,"footnotes":""},"categories":[72],"tags":[],"class_list":["post-5495","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-axborot-xavfsizligi"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v28.9 - https:\/\/yoast.com\/product\/yoast-seo-wordpress\/ -->\n<title>Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda o\u2018z vaqtida xolis axborot berib borish orqali yolg\u2018on ma\u02bclumotlar tarqalishining oldini olish, fuqarolarning axborot olish va tarqatish\u2026\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Factcheck.uz\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-07-30T09:52:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-13T06:17:20+00:00\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@FactcheckUz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"ikhtiyorrakhman\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\\\/\\\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495\"},\"author\":{\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\"},\"headline\":\"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi\",\"datePublished\":\"2023-07-30T09:52:27+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-13T06:17:20+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495\"},\"wordCount\":1956,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"articleSection\":[\"Axborot xavfsizligi\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495\",\"name\":\"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\"},\"datePublished\":\"2023-07-30T09:52:27+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-13T06:17:20+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495\"]}]},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?p=5495#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#website\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"description\":\"Har bir faktda xolislik\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#organization\",\"name\":\"Factcheck.uz\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\",\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/wp-content\\\/uploads\\\/2024\\\/04\\\/cropped-Favicon.png\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"Factcheck.uz\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/logo\\\/image\\\/\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/www.facebook.com\\\/uzfactcheck\",\"https:\\\/\\\/x.com\\\/FactcheckUz\"]},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/#\\\/schema\\\/person\\\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a\",\"name\":\"ikhtiyorrakhman\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"url\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\\\/\\\/secure.gravatar.com\\\/avatar\\\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"ikhtiyorrakhman\"},\"sameAs\":[\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\"],\"url\":\"https:\\\/\\\/factcheck.uz\\\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz","og_description":"2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda o\u2018z vaqtida xolis axborot berib borish orqali yolg\u2018on ma\u02bclumotlar tarqalishining oldini olish, fuqarolarning axborot olish va tarqatish\u2026","og_url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495","og_site_name":"Factcheck.uz","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","article_published_time":"2023-07-30T09:52:27+00:00","article_modified_time":"2024-05-13T06:17:20+00:00","author":"ikhtiyorrakhman","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@FactcheckUz","twitter_site":"@FactcheckUz","twitter_misc":{"Written by":"ikhtiyorrakhman","Est. reading time":"10 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495"},"author":{"name":"ikhtiyorrakhman","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a"},"headline":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi","datePublished":"2023-07-30T09:52:27+00:00","dateModified":"2024-05-13T06:17:20+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495"},"wordCount":1956,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"articleSection":["Axborot xavfsizligi"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495","url":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495","name":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi - Factcheck.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website"},"datePublished":"2023-07-30T09:52:27+00:00","dateModified":"2024-05-13T06:17:20+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495"]}]},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/?p=5495#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/factcheck.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Mediaogohlik raqamli olamdagi xatarlardan himoyalaydi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#website","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","name":"Factcheck.uz","description":"Har bir faktda xolislik","publisher":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/factcheck.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#organization","name":"Factcheck.uz","url":"https:\/\/factcheck.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","contentUrl":"https:\/\/factcheck.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/cropped-Favicon.png","width":512,"height":512,"caption":"Factcheck.uz"},"image":{"@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"},"sameAs":["https:\/\/www.facebook.com\/uzfactcheck","https:\/\/x.com\/FactcheckUz"]},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/factcheck.uz\/#\/schema\/person\/3e8b909cfc0aa4b67031844eee8ee10a","name":"ikhtiyorrakhman","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/daaa587876b8b161a39da19b4de67582adfccbe7cf2223f502af78a66e58e422?s=96&d=mm&r=g","caption":"ikhtiyorrakhman"},"sameAs":["https:\/\/factcheck.uz"],"url":"https:\/\/factcheck.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7427,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5495\/revisions\/7427"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/factcheck.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}