Loyiha haqida

Factcheck.uz – O‘zbekistonda faktlarni tekshirish va mediasavodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan innovatsion loyiha. Biz fuqarolarga axborot oqimini tushunishga, xabarlarning ishonchliligini aniqlashga va faktlarning manipulyatsiyasini fosh qilishga yordam beradigan ishonchli resurs yaratishga intilamiz.
Biz yagona maqsad – ishonchli maʼlumotlarga kirishni taʼminlash bilan birlashgan mustaqil professionallar jamoasimiz. Bizning jamoamiz jurnalistika va tahlil sohasida yuqori malakali va tajribaga ega jurnalistlar, tadqiqotchilar va mediasavodxonlik bo‘yicha ekspertlardan tashkil topgan.
Biz sifatli faktlarni tekshirish va mediasavodxonlik bo‘yicha taʼlim axborot savodxonligining asosiy tamoyili, deb hisoblaymiz. Biz o‘z ishimizda foydalanuvchilarga eng aniq va dolzarb maʼlumotlarni taqdim etish uchun xolislik va professionallik tamoyillariga amal qilamiz.
Bizning loyihamiz bir nechta asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:
1. Fakt-cheking: Biz jamiyatda aylanayotgan maʼlumotlarning to‘g‘riligini tizimli ravishda tekshiramiz. Jurnalistlarimiz va tadqiqotchilarimiz faktlarni tahlil qiladilar, manbalar va kontekstni tekshiradilar hamda jamoatchilikka voqealarning xolisona tasvirini taqdim etadilar.
2. Taʼlim: Aholining axborot savodxonligi darajasini oshirishga qaratilgan taʼlim dasturlari va mediasavodxonlik tadbirlarini o‘tkazamiz. Biz odamlarga tanqidiy fikrlashni, maʼlumotlarni tahlil qilishni o‘rgatamiz.
3. Tadqiqot: Biz zamonaviy axborot jamiyati duch kelayotgan tendensiyalar va muammolarni aniqlash uchun ommaviy axborot vositalari va axborot xavfsizligi sohasida tahliliy tadqiqotlar olib boramiz.
